USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp bölgan mehmonxonada otişma: gumondor kim?

271 марта

Tramp bölgan mehmonxonada otişma: gumondor kim?

Manba: kollaj / NYP
AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirokida 25 aprel kuni bölib ötayotgan tadbirda otişma yuz berdi. Öt oçgan şaxs Kaliforniyada yaşovçi 31 yoşli Koul Allen ekani aniqlandi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

Hodisa Waşington Hilton mehmonxonasida Oq uy muxbirlari iştirokidagi yillik ziyofatda yuz bergan. Nomalum şaxs mehmonxonada öt oçganidan söng qölga olingan. Ziyofat töxtatilib, Tramp, uning rafiqasi Melaniya va mehmonlar evakuatsiya qilingan. Allenning öt oçişi oqibatida AQŞ Maxfiy xizmatining bir nafar xodimi yaralangan. Tramp uni zirhnimça qutqarib qolganini aytmoqda.

Federal huquq-tartibot manbalariga köra, Allen Kaliforniya ştatida öqituvçi bölib işlagan. U mehmonxonaga kirib, Tramp va taxminan 2500 mehmon yiğilgan zal tomon yugurganidan söng qölga olingan. Otişma soat 20:30 atrofida, tadbirning içki xavfsizlik tekşiruvi hududida, mehmonlarga salat tortilayotgan paytda boşlangan. Tramp zaldan zudlik bilan olib çiqilgan, hukumat azolari esa stol ostiga yaşiringan va keyin evakuatsiya qilingan.

“U nazorat punktiga yugurib kirganida miltiq, töpponça va bir neçta piçoq bilan qurollangan edi”
Tramp öq ovozlarini eşitganini, ammo xavfdan darhol xabardor bölmaganini aytdi.
“Men şovqin eşitdim va patnis tuşib ketgan bölsa kerak deb öyladim”, dedi u.
Prezident 30 kun içida yangi Oq uy muxbirlari iştirokidagi ziyofat taşkil qilişini malum qildi. U hujum AQŞ va Isroilning Eron bilan davom etayotgan uruşi bilan boğliq emasligiga işonişini aytdi.

“Bu meni Erondagi uruşda ğalaba qozonişdan töxtata olmaydi. Otişmaning unga aloqasi bor-yöqligini bilmayman. Bizdagi malumotlarga köra, bunday deb öylamayman. Men yaşaşni istayman, çunki bu mamlakatni buyuk qilmoqçiman. Şuning uçun ham yaşaşni istayman”, dedi Tramp.

Prezident qurollarning mehmonxona içkarisiga qanday olib kirilgani haqidagi savolga javob berişdan boş tortdi. Mehmonlar taşqi xavfsizlik perimetridan ötişi kerak edi, u yerda ulardan çipta yoki ziyofatoldi tadbiriga taklifnoma körsatiş talab qilingan. Qurol bor-yöqligini tekşiriş faqatgina banket zali kirişidan bevosita oldin amalga oşirilgan.

Guvohlardan birining aytişiça, Allen bar aravaçalari saqlanadigan va öşa paytda “xavfsizlik xizmati bölmagan” vaqtinçalik xonadan çiqib kelgan.
“U öşa xonada edi... qurolni sumkadan yoki şunga öxşaş narsadan oldi”, dedi voqea ustida işlayotgan köngilli guvoh Helen Mabus va qurol “uzun” ekanini hamda ”oddiy qurolga öxşamasligini” qöşimça qildi.
Tadbir davomida 4–8 marta öq uzilgani aytilmoqda. AQŞ Ğaznaçilik kotibi Skott Bessent aynan şu mehmonxonada 1981 yilda Jon Hinkli tomonidan AQŞning 40-prezidenti Ronald Reyganga qarata öq uzilganini ham eslatib ötdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: