“Lazgi–2026”: Xiva sahnasida eng yaxşi raqqoslar nomi yangradi
29-04-2026, 19:56
415 марта
“Lazgi–2026”: Xiva sahnasida eng yaxşi raqqoslar nomi yangradiXivada jahon raqs sanati namoyon bölmoqda
Xorazm viloyatida ötkazilayotgan “Lazgi” III xalqaro raqs festivali doirasida navbatdagi muhim tadbir — ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Xiva şahri yana bir bor jahon raqs sanati namoyandalarini bir sahnada jamlab, haqiqiy madaniy bayram muhitini yaratdi.
Festival doirasida Xorazm viloyati hokimligining maxsus estalik sovğalari topşirildi. Tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direktsiyasi boş direktori Fotix Jalolov hamda Xiva şahar hokimi Timur Davletov iştirok etib, ğoliblarni taqdirlaşdi.
Nominatsiyalar böyiça ğoliblar aniqlandi
Festival doirasida turli nominatsiyalar böyiça eng munosib iştirokçilar saralab olindi:
— “Eng yaxşi raqs” nominatsiyasida Turkiya Respublikasining Anqara davlat sahna sanati ansambli ğolib deb topildi.
— “Eng yaxşi xoreograf” nominatsiyasi Malayziyaning “Anak seni pendi puteri” raqs jamoasi azosi Amandu Paul bin Panandaga nasib etdi.
— “Eng yaxşi yoş raqqos” nominatsiyasi Rossiya Federatsiyasining “Solnişko” raqs teatr studiyasiga berildi.
— “Eng yoş raqqos va raqqosalar” nominatsiyasida Özbekiston nomidan iştirok etgan Alina Babeşko, Jaras Joldasbayev, Şahzod Abdusaidov hamda Sabrina Şavkatovalar ğolib sifatida etirof etildi.
“Muxlislar olqişi” sohiblari ham etirof etildi
Festival davomida ötkazilgan körik-tanlovlarda tomoşabinlar qalbidan joy olgan iştirokçilar ham alohida nominatsiya bilan taqdirlandi:
— Gulnaz Maqsudova (Qirğiziston Respublikasi)
— Nidha Misra (Hindiston)
— Yaponiyaning “Nasrin – Özbek va Fors” ansambli
— Turkmaniston Respublikasining “Dessan” raqs guruhi
Ular “Muxlislar olqişi” nominatsiyasiga munosib deb topildi.
Festival – madaniyatlar uçraşuvi
“Lazgi” xalqaro festivali nafaqat raqs sanatini tarğib qiliş, balki turli xalqlar örtasida madaniy aloqalarni mustahkamlaş, ijodiy tajriba almaşiş va döstlik riştalarini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Xiva şahri uşbu nufuzli tadbir orqali yana bir bor özining boy madaniy merosi va mehmondöstligini namoyon etmoqda. Festival yuqori kayfiyat, jöşqin çiqişlar va unutilmas lahzalar bilan davom etmoqda.

