Urganç avtovokzalida ötkazilgan maşqlar: favqulodda holatlarga tayyorgarlik qay darajada?
30-04-2026, 15:50
230 марта
Urganç avtovokzalida ötkazilgan maşqlar: favqulodda holatlarga tayyorgarlik qay darajada?Urganç şahrida joylaşgan avtovokzalda maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi. Maşğulot davomida “Urganç–Nukus” yönalişida harakatlanuvçi avtobusda şartli ravişda yonğin sodir bölişi simulyatsiya qilindi.
Uşbu öquv maşqi favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qiliş, xizmatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va yölovçilar xavfsizligini taminlaş maqsadida taşkil etildi.
Maşq jarayonida tegişli xizmatlar tomonidan avtobusdagi yölovçilarni evakuatsiya qiliş, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş hamda yonğinni bartaraf etiş böyiça amaliy harakatlar bajarildi.
Malum qilinişiça, maşğulotda jami 47 nafar iştirokçi va 11 ta maxsus texnika jalb etildi. Barça vazifalar belgilangan tartibda va yuqori darajada bajarilib, xizmatlar 2 soat içida şartli holatni töliq bartaraf etdi.Yakunlarga köra, iştirok etgan xodimlar favqulodda vaziyatlarga tayyor, deb baholandi.

Mutaxassislar takidlaşiça, bunday öquv maşqlari aholi, ayniqsa yölovçilar xavfsizligini taminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, favqulodda holatlarda inson hayotini saqlab qolişda tezkorlik va hamjihatlik asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Yölovçilar xavfsizligi — doimo ustuvor vazifa bölib qoladi.Manba: Xorazm viloyati transport boşqarmasi Axborot xizmati
