Şovotda 9900 AQŞ dollarini noqonuniy olib çiqişga uriniş foş etildi
5-05-2026, 12:45
213 марта
Şovotda 9900 AQŞ dollarini noqonuniy olib çiqişga uriniş foş etildiXorazm viloyatida bojxona xodimlari tomonidan noqonuniy valyuta aylanmasi bilan boğliq huquqbuzarlik holatiga çek qöyildi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati malum qildi.
Malum qilinişiça, “Şovot çegaraoldi savdo zonasi” çegara bojxona posti orqali qöşni Turkmaniston davlatiga çiqib ketayotgan fuqaro tekşiruvdan ötkazilgan. Nazorat jarayonida u belgilangan meyordan ortiq bölgan 9900 AQŞ dollarini noqonuniy ravişda olib çiqib ketişga uringani aniqlangan.
Tekşiruv davomida fuqaro mazkur pul mablağini post orqali harakatlanayotgan 3 nafar şaxsga malum haq evaziga bölib beriş orqali bojxona nazoratidan yaşirinça olib ötişni rejalaştirgani malum böldi.
Şuningdek, uning yonida olib çiqiş uçun ruxsat etilgan — ekvivalenti 100 million sömgaça bölgan naqd pul mablağlari mavjud bölgan. Biroq qöşimça 9900 AQŞ dollari belgilangan meyordan ortiq bölgani sababli, uni yaşirinça va aldov yöli bilan olib çiqişga harakat qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli tartibda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, jismoniy şaxslar tomonidan naqd valyuta mablağlarini olib çiqişda belgilangan meyorlarga qatiy rioya qiliş talab etiladi.