Urganç davlat universiteti yangi bosqiçga qadam qöydi: logotip rasman tasdiqlandi
5-05-2026, 13:39
784 марта
Urganç davlat universiteti yangi bosqiçga qadam qöydi: logotip rasman tasdiqlandiUrganç davlat universitetida bölib ötgan 9-sonli Kengaş yiğilişida universitetning yangi logotipi rasman tasdiqlandi. Yangi ramz nafaqat vizual yangilaniş, balki oliygohning strategik maqsadlari, tarixiy ildizlari va kelajakka qaratilgan yuksak intilişlarini özida mujassam etgan kontseptual yeçim sifatida namoyon bölmoqda.
Yangi logotip universitetning ananalarga sodiq holda innovatsiyalar sari intilayotgan, bilim va tafakkurni asosiy kuç deb bilgan zamonaviy talim muassasasi ekanini ifodalaydi.
Logotip kompozitsiyasida markaziy örinni egallagan oçiq kitob — bilim manbai va erkin fikr ramzi hisoblanadi. U universitet muhitining izlanişga, yangilik yaratişga va intellektual rivojlanişga oçiq ekanini anglatadi. Kitobdan yuqoriga intilayotgan elementlar esa haqiqiy yuksaliş faqat ilm-fan va talim orqali amalga oşişini takidlaydi. Bu timsol talaba şaxsining oddiy bilim oluvçidan yetuk mutaxassis va jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşuvçi şaxsga aylaniş jarayonini aks ettiradi.
Logotipdagi yuqoriga qarab yönalgan vertikal ustunlar esa rivojlaniş va yuksaliş falsafasini ifodalaydi. Ular universitetning bosqiçma-bosqiç taraqqiyoti, ilmiy salohiyati mustahkamlanib borayotgani va xalqaro maydonda öz örnini topişga bölgan qatiy intilişini anglatadi. Şu bilan birga, mazkur elementlar Uçinçi Renessans ğoyalariga ham işora qiladi.
Logotipdagi “1935” raqami universitetning boy tarixi va barqaror ananalarini yodga soladi. Qariyb bir asrlik faoliyat davomida şakllangan ilmiy maktablar, tajriba va avlodlar izçilligi bugungi yutuqlar uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotganini anglatadi.
Yaşil rang tanlanişi ham bejiz emas. U barqaror rivojlaniş, yangilaniş va kelajakka masuliyat ramzi sifatida universitetning doimiy ösişga intilişini ifodalaydi. Şu bilan birga, bu rang yangi ğoyalar va taşabbuslarga oçiqlikni ham anglatadi.
Logotip dizaynida minimalizm va zamonaviylik uyğunlaşgan. Ortiqça bezaklardan xoli bölgan uşbu uslub mazmunning aniq va tasirçan yetkazilişiga xizmat qiladi. Bu esa universitetning xalqaro akademik makonga integratsiyalaşgan, oçiq va zamonaviy talim muassasasi sifatidagi qiyofasini yanada mustahkamlaydi.Yangi logotip — bu şunçaki ramz emas. U Urganç davlat universitetining yangi bosqiçdagi rivojlaniş yölini, ilmiy salohiyatini va kelajakka bölgan işonçini ifodalovçi muhim belgiga aylanmoqda.