XORAZMDA TIBBIYoT BITIRUVÇILARI UÇUN BÖŞ IŞ ÖRINLARI YaRMARKASI TAŞKIL ETILDI
22-05-2026, 11:31
227 марта
XORAZMDA TIBBIYoT BITIRUVÇILARI UÇUN BÖŞ IŞ ÖRINLARI YaRMARKASI TAŞKIL ETILDI22 may kuni Urganç davlat tibbiyot institutida bitiruvçi yoşlarni iş bilan taminlaşga qaratilgan “Böş iş örinlari mehnat yarmarkasi” bölib ötdi.
Mazkur tadbir Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi hamkorligida taşkil etildi.
Mehnat yarmarkasida şahar va tuman tibbiyot birlaşmalari, xususiy klinikalar hamda sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlari iştirok etib, mavjud böş iş örinlarini taqdim qildi.
Tadbir davomida bitiruvçi yoşlar öz mutaxassisliklari böyiça taklif etilayotgan vakansiyalar, mehnat şaroitlari, yaratilgan imkoniyatlar va oylik maoşlar haqida batafsil malumot oldilar. Şuningdek, iş beruvçilar bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkoniyati yaratildi.
Yarmarka jarayonida köplab bitiruvçilar öz rezyumelarini taqdim etib, dastlabki suhbatlardan muvaffaqiyatli ötdilar. Ayrim yoş mutaxassislar esa tadbirning özidayoq işga joylaşiş böyiça şartnomalar imzoladilar.Mutaxassislar fikriça, bunday mehnat yarmarkalari yoşlarni öz sohasi böyiça iş bilan taminlaş, kadrlar ehtiyojini qoplaş va tibbiyot tizimida malakali kadrlar zaxirasini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.


