Xorazmda yöl tamirlayotgan turk tadbirkorlari şpes örniga tuproq va çiqindi taşlamoqdami?
10-06-2026, 14:08
357 марта
Xorazmda yöl tamirlayotgan turk tadbirkorlari şpes örniga tuproq va çiqindi taşlamoqdami?Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi yöl qurilişi jarayoni aks etgan va keskin bahslarga sabab bölayotgan videolavha tarqaldi. Videoda mahalliy aholi vakili va xorijlik yöl quruvçilari örtasidagi jiddiy etirozlarni köriş mumkin.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarning Xorazm segmentida tezkor tarqalgan videolavha köplab muhokamalarga sabab bölmoqda. Videoda viloyatning qaysi tumani ekanligi hozirça nomalum bölgan hududda yöl tamirlaş işlari olib borilayotgani aks etgan. Biroq jarayon sifati mahalliy aholining haqli etiroziga sabab böldi.
Sifatsiz mahsulotmi yoki oddiy tuproq?
Tasvirlarda mahalliy fuqarolardan biri yölga tökilayotgan xomaşyoni körsatib, xorijlik (turk) tadbirkoriga öz noroziligini bildirmoqda. Fuqaroning takidlaşiça, yöl asosiga yotqizilayotgan mahsulot sifatli şpes (şağal-qum aralaşmasi) emas, balki oddiy tuproq va orasida turli çiqindilar bölgan aralaşmadir.
Videoda fuqaro va turk tadbirkori örtasida bahsli munozara yuzaga kelganini, mahalliy aholi vakili yölning tez fursatda yaroqsiz holga kelib qolişidan xavotirda ekanini köriş mumkin.
Savollar oçiq qolmoqda:
Bu voqea aniq qaysi tumanda yuz bergan?
Yöl qurilişiga masul bölgan turk kompaniyasi va mahalliy pudratçilar amaldagi standartlarga rioya qilişyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi uşbu xavotirlarga viloyat Avtomobil yöllari boş boşqarmasi yoki tegişli tuman hokimliklari qanday izoh beradi?
«Xorazm Bugun» voqealar rivojini kuzatib boradi va tegişli taşkilotlardan rasmiy munosabat kutib qoladi.