USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

URGANÇ VA XIVANI BOĞLOVÇI ZAMONAVIY YÖL: QURILIŞ MAYDONIDAN REPORTAJ

371 марта
URGANÇ VA XIVANI BOĞLOVÇI ZAMONAVIY YÖL: QURILIŞ MAYDONIDAN REPORTAJ

Uzunligi 35 kilometr bölgan xalqaro ahamiyatdagi yöl hududning transport va turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqadi.

Xorazm viloyatida yirik infratuzilma loyihalaridan biri — yangi «Urganç–Xiva» avtomobil yölining qurilişi qizğin pallada. Ayni kunlarda quriliş maydonlarida işlar yuqori suratlar va öziga xos mehnat manzaralari ostida jadallik bilan davom etmoqda.

Mazkur yirik loyiha doirasida işlar bosqiçma-bosqiç, xalqaro standartlar asosida taşkil etilgan.

Xususan:
 Yöl poydevorini mustahkamlaş va tuproq kötarmalarini barpo etiş;
 Yölning çidamliligini oşiruvçi maxsus geosetka materiallarini yotqiziş;
 Suniy inşootlar, köpriklar va yöl ötkazgiçlar quriş;
 Yuqori sifatli beton işlarini bajariş jarayonlari tizimli ravişda olib borilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar va qatiy nazorat
Köprik tayançlarini barpo etiş, armatura töqiş va beton quyiş işlari eng zamonaviy texnologiyalar yordamida bajarilyapti. Yöl poyi uçun zarur bölgan tuproq qatlamlari maxsus oğir texnikalar bilan sifatli ziçlaştirilmoqda.

Har bir bosqiç şunçaki bajarilmayapti — jarayon texnik nazorat xizmati va laboratoriya mutaxassislarining diqqat markazida turibdi.
Quriliş maydonining özida geosetka sifati, tuproq
ziçligi va beton qorişmalarining mustahkamligi muntazam ravişda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmoqda. Bu esa kelajakda yölning uzoq yillar xizmat qilişi va harakat xavfsizligini taminlaşning boş garovidir.
Malumot uçun: Uzunligi 35 kilometr bölgan uşbu zamonaviy avtomobil yöli töliq foydalanişga topşirilgaç, Urganç va Xiva şaharlari örtasidagi qatnov vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Bu esa nafaqat mahalliy aholiga qulaylik yaratadi, balki vohaning turizm va logistika salohiyatini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati Avtomobil yöllari hududiy boşqarmasi Axborot xizmati xabari asosida tayyorlandi.






Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: