Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlaşi yuzasidan bayonot berdi
24-05-2025, 14:15
1 406 марта

Xorazmda snaryad portlaşi sabab bir kişi halok böldi. Mudofaa vazirligi mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotişibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligi malum qilişiça, uşbu snaryad vazirlik tasarrufida bölmagan hududda mahalliy çöponlar tomonidan özboşimçalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topşirilgan.
Şuni alohida takidlaş kerakki, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga zudlik bilan xabar qilişi şart.
"Uşbu voqeaga harbiy xizmatçilarning heç qanday aloqasi yöq va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini malum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad Özbekiston Qurolli Kuçlarida mavjud emas. Malumotlarga köra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qöllanilgan", deyiladi bayonotda.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.