Terma jamoa azolariga Prezident sovğasi — BYD avtomobillari topşiriladi
6-06-2025, 16:25
489 марта
Terma jamoa azolariga Prezident sovğasi — BYD avtomobillari topşiriladiBirozdan söng ulkan ğalaba — Özbekiston tarixida ilk bor jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan milliy terma jamoamiz Birlaşgan Arab Amirliklaridan Toşkentga qaytib keladi.
Osiyoning eng kuçli jamoalari iştirok etgan saralaş musobaqalarida çinakam jasorat va matonat körsatgan futbolçilarimizning xizmatlari munosib etirof etildi. Keçagi öyindan söng davlatimiz rahbari birinçi bölib ularga qönğiroq qildi va tarixiy natija bilan tabrikladilar. Bugun esa futbolçilar va murabbiylardan bir guruhini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlaş töğrisida farmon imzoladilar.
Poytaxtimizda minglab yurtdoşlarimiz yigitlarimizni tantanali kutib olişga şay turibdi. Terma jamoa azolari şarafiga ötkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovğasi — BYD avtomobillari topşiriladi.
Futbolçilarimizning ğalabalari köpayaversin!