Tadqiqot: Özbekistonliklar yöllarning umumiy holati va piyodalar xavfsizligidan jiddiy havotirda
8-06-2025, 22:35
459 марта

Tadqiqot: Özbekistonliklar yöllarning umumiy holati va piyodalar xavfsizligidan jiddiy havotirda
Özbekistondagi avtomobil yöllarining umumiy holati va piyodalar xavfsizligi borasida aholi örtasida jiddiy taşviş mavjud. Bu “Yuksaliş” harakati tomonidan “Avtomobil yöllarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini taminlaş, avtomobil yöllari va içki yöllar holati böyiça” aholi örtasida ötkazilgan ijtimoiy sörovda malum böldi.
Aholida salbiy munosabat mavjud
Sörovda jami 2743 nafar respondent qatnaşib, ularning 46,36 foizi qişloqda yaşovçilar va 44,94 foizini şahar aholisini taşkil etdi.
Respondentlarning 35,55 foizi öz yaşayotgan hududidagi avtomobil yöllarining umumiy holatini “yaxşi”, 27,95% - “qoniqarli”, 18,01% - “qoniqarsiz”, 10,38% - “alo”, 7,71% esa “juda yomon” baholadi.
Bu aholi örtasida yöllarning holati va ularda amalga oşirilayotgan işlarga nisbatan salbiy munosabat borligini aks ettiradi.
Içki yöllar böyiça vaziyat qanday?
Yaşaş hududlaridagi içki yöllarning umumiy holatini iştirokçilarning 33,1% - “yaxşi”, 27,62% - “qoniqarli”, 19,69% - “qoniqarsiz”, 9,68% - “juda yomon”, 9,28% - “alo” baholagan. Bu körsatkiç aholining içki yöllar holatiga bölgan munosabati asosiy avtomobil yöllariga nisbatan salbiy ekanligini anglatadi.
Sörovnomadagi “Oxirgi yillarda yaşaş joyingizda avtomobil yöllari tamirlanganmi?” degan savolga iştirokçilarning aksariyati (47,23%) “ha” deb javob bergan bölsa, 26,17% respondent “yöq” javobini belgilagan. Uşbu tamirlaş işlarining asosiy qismi yangi asfalt yotqiziş (28,72%) va eski asfaltni yangilaş (13,96%) işlari taşkil qilişi bildirilgan.
Piyodalar yölakçalari qançalik xavfsiz?
Respondentlarning 39,24% özi yaşaydigan hududdagi avtomobil yöllari piyodalar uçun xavfsiz emasligini qayd etgan bölsa, 38,98% “örtaça” va 21% “xavfsiz” deb javob bergan. Şu bilan birga, sörov iştirokçilarining 40,99% aholi punktlaridan ötgan avtomobil yöllaridagi piyodalar kesib ötiş joylarida xavfsizlik taminlanganini qayd etgan bölsa, 30,87% xavfsizlik taminlanmagan, deb javob bergan, 27,07% esa xavfsizlik “etarliça emas”ligini bildirgan. Uşbu raqamlar aholi punktidagi piyodalar xavfsizligi bilan boğliq infratuzilmada kamçiliklar borligini körsatdi.
Şuningdek, 44,61% respondent öz yaşaş hududida piyodalar yölaklari (trotuarlar) borligini qayd etgan bölsa, 28,75% “yöq” va 25,47% “töliq emas” deb javob bergan.
Piyodalar yölaklarining nogironligi bor (aravaçadagi) insonlar uçun qulayligi böyiça 39,82% respondent “qisman qulaylik bor”, 38,98% - “qulay emas”, 20,64% - “qulay” deb javob bergan.
Qanday takliflar bor?
Yöllarni yaxşilaş va xavfsizlikni taminlaş uçun, asosan, yöllarni kengaytiriş, sifatli tamirlaş işlarini amalga oşiriş hamda yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça takliflar bildirilgan.
Sörov natijalari Özbekistondagi avtomobil yöllarining umumiy holati va piyodalar xavfsizligi borasida aholi örtasida jiddiy taşviş mavjudligini tasdiqladi. Ayniqsa, yöllar holatiga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar, piyodalar uçun xavfsizlik darajasining pastligi, piyodalar yölaklari va nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay infratuzilmaning yetarli emasligi bu sohadagi tizimli muammolarni oçiq-oydin namoyon qilmoqda. Mavjud infratuzilmaviy kamçiliklar faqat transport harakatining samaradorligiga emas, balki aholi, xususan, bolalar hayoti va salomatligiga ham töğridan-töğri xavf tuğdirayotganini alohida takidlaş lozim.
Bugungi kunda odam ölimi bilan yakunlanayotgan yöl-transport hodisalari sonining ortişi yöllarda aholi xavfsizligini taminlaşda ilğor yondaşuvlar va tizimli islohotlarni amalga oşiriş zarurligini anglatadi. Şundan kelib çiqib, Harakat va ekspertlar tomonidan sohada amalga oşirilişi zarur bölgan quyidagi takliflar işlab çiqildi:
- yetişmayotgan yöl belgilarini örnatiş, ortiqça va noörinlarini olib taşlaş böyiça davlat dasturini qabul qiliş;
- yöl çiziqlari sifati va standartlarga muvofiqligini qatiy nazorat qiliş;
- yöl harakatini taşkil etişning barça texnik standartlarini (belgilar, çiziqlar, yöl qoplamasi sifati, masalan, "koleynost") zamonaviy xalqaro meyorlar asosida yangilaş;
- yangi qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan barça yöl obektlarini nogironligi bölgan şaxslar va mustaqil harakatlana olmaydigan aholi uçun töliq moslaştirişni majburiy standart qilib belgilaş;
- har bir yöl uçastkasining aniq egasini belgilab, javobgarlikni kuçaytiriş;
- jarimalar miqdorini ijtimoiy xavflilik darajasi va aholining tölov qobiliyatidan kelib çiqib belgilaş. Jarimadan tuşgan mablağlarning maqsadli (yöl infratuzilmasi va xavfsizlikka) yönaltirilişi va şaffofligini taminlaş;
- barça yöl loyihalarini amalga oşirişdan avval mustaqil ekspertlar tomonidan majburiy xavfsizlik auditidan ötkaziş tizimini joriy etiş;
- yöl belgilari va çiziqlarini örnatişga masul SMEUni IIV tarkibidan çiqarib, mustaqil taşkilotga aylantiriş yoki alohida nazorat organi tuziş;
- mavjud şaharsozlik normalari va qoidalarini (ŞNQ) piyodalar (şu jumladan, nogironligi bor şaxslar) va velosipedçilar uçun xavfsiz, uzluksiz va yoritilgan yölaklar yaratiş talablari bilan qayta körib çiqiş va ularning bajarilişini qatiy nazoratga oliş;
- muhim va YTH xavfi yuqori bölgan hududlarda, ayniqsa, maktablar atrofida, ob-havo va kunning vaqtiga qarab özgaruvçan (dinamik) tezlik çeklovlarini körsatuvçi elektron yöl belgilarini sinov tariqasida joriy etiş;
- har bir tuman/şahar YHXB va yöl xöjaligi taşkilotlari rahbarlarining öz hududidagi yöllar holati, YTHlar soni va jamoatçilik şikoyatlari asosida oçiq reyting tizimini joriy etiş va natijalarini elon qilib boriş;
- har bir maktab uçun öquvçilarning uyidan maktabgaça bölgan eng xavfsiz piyoda yönalişlarini (yoritilgan, piyodalar ötiş joylari mavjud) aks ettiruvçi interaktiv xaritalar işlab çiqiş va ularni ota-onalar hamda öquvçilarga taqdim etiş;
- jamiyatda yöl harakati qoidalariga rioya qiliş madaniyatini oşiriş, piyodalarga hurmat va özaro yordam tamoyillarini tarğib qiluvçi ijtimoiy roliklar, talim dasturlari va jamoatçilik aksiyalarini öz içiga olgan uzoq muddatli milliy dastur işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- aholiga nosoz svetoforlar, yaroqsiz yoki notöğri örnatilgan yöl belgilari haqida maxsus qisqa raqam yoki mobil ilova orqali tezkor xabar beriş imkoniyatini yaratiş va bunday murojaatlarga 24 soat içida javob qaytarilişini taminlaş;
- barça darajadagi (respublika, viloyat, tuman/şahar) yöl qurilişi, tamirlaş va harakat xavfsizligini taşkil etişga oid loyihalarni tasdiqlaşdan oldin, ularning mustaqil transport ekspertlari, şaharsozlar, nogironligi bölgan şaxslar vakillari va faol fuqarolardan iborat ekspert-jamoatçilik kengaşlari tomonidan majburiy ekspertizadan ötkazilişi hamda ijobiy xulosasi olinişi tartibini kuçaytiriş.