Qöşköpirda Ortiqboy Jumaniyazov xotirasiga bağişlangan boks musobaqasi ötkazildi
29-08-2026, 09:41
64 марта
Qöşköpirda Ortiqboy Jumaniyazov xotirasiga bağişlangan boks musobaqasi ötkazildiQöşköpir tumanida sport faxriysi Ortiqboy Jumaniyazov xotirasiga bağişlangan boks böyiça oçiq musobaqa bölib ötdi.
Unda 2014–2015 yillarda tuğilgan kiçik ösmirlar örtasida qizğin va murosasiz bellaşuvlar taşkil etildi.
Musobaqada Xorazm viloyatining barça tumanlaridan 160 nafarga yaqin yoş boksçilar iştirok etib, özlarining sport mahorati, çaqqonligi va irodasini namoyiş etdilar.
Qizğin keçgan bahslar yoş sportçilar uçun öz qobiliyatini sinab köriş, tajriba orttiriş va kelgusidagi musobaqalarga tayyorgarlik köriş uçun muhim maydon böldi.
Bunday musobaqalar yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularda soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va boks sportiga bölgan qiziqişni yanada oşirişga xizmat qiladi.
Yoş boksçilarga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz!





