USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa: Urganç tumanida yangi masjid foydalanişga topşirildi

296 марта
Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa: Urganç tumanida yangi masjid foydalanişga topşirildi

Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Urganç tumanidagi «Pir Eşon bobo» jome masjidi zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.

Yangidan qad rostlagan masjid Urganç tumani hududida joylaşgan bölib, endi u yerda aholi uçun ibodat qiliş, Quron tilovati va diniy-marifiy tadbirlarni ötkaziş uçun munosib şaroitlar yaratildi.

Masjidning oçilişiga bağişlangan tadbirda Xorazm viloyati boş imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Urganç tumani hokimi Ğayrat Sultonov, Urganç tumani boş imom-xatibi Muhammadamin domla Muhammadzarif öğli, Din işlari böyiça qömita tuman mutaxassisi O. Polvonov, tumandagi masjidlar imom-xatiblari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar yangi masjidning aholi manaviy hayotidagi örni, yurtimizda diniy-marifiy sohada yaratilayotgan imkoniyatlar va bunday xayrli taşabbuslarning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Zamonaviy körinişda qayta qurilgan «Pir Eşon bobo» jome masjidi nafaqat ibodat maskani, balki aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida manaviy-marifiy tarğibot işlarini olib boriş uçun ham muhim dargoh bölib xizmat qilişi kutilmoqda.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida bunday xayrli va bunyodkorlik işlarining amalga oşirilişi xalqimizning diniy-marifiy hayotini yuksaltiriş, yurtimizda tinçlik, bağrikenglik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Alloh taolo uşbu muborak masjidni qiyomatgaça Quron tilovati, ibodat va marifat ziyosi tarqaladigan qutluğ dargohlardan qilsin!
























Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: