MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA Şovot tumanida zamonaviy madaniyat markazi foydalanişga topşirildi
31-08-2026, 18:31
92 марта
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA Şovot tumanida zamonaviy madaniyat markazi foydalanişga topşirildiŞovot tumanidagi Yangi Özbekiston mahallasida joylaşgan 56-son «Oydin hayot» madaniyat markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimining örinbosari Botir Saidov, soha mutasaddilari, nuroniylar, mahalla faollari, ijodkorlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Madaniyat markazi 3,5 milliard söm mablağ hisobidan rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy va qulay şaroitlarga ega böldi. Markazda 224 örinli tomoşa zali, turli yönalişdagi tögaraklar uçun xonalar, kutubxona hamda ansambl jamoalari maşğulotlari uçun maxsus xonalar taşkil etilgan.
Yangi markaz mahalla aholisining böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ayniqsa, yoşlarning istedod va qobiliyatlarini röyobga çiqariş uçun muhim maskan bölib xizmat qiladi.
Şuningdek, bu yerda turli madaniy-marifiy tadbirlar, ijodiy uçraşuvlar, tögaraklar va jamoalar maşğulotlarini muntazam taşkil etiş uçun barça imkoniyatlar yaratildi.
Yangi madaniyat markazining foydalanişga topşirilişi Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Şovot ahliga munosib tuhfalardan biri böldi.







