Yangi asfalt ustiga toş tökib qöyildi — Boğotda ikki avtomobil avariyaga uçradi
8-09-2026, 21:33
284 марта
Yangi asfalt ustiga toş tökib qöyildi — Boğotda ikki avtomobil avariyaga uçradiBoğot tumanida yaqinda asfaltlangan yölda sodir bölgan YTH jamoatçilik etiborini tortmoqda.
Malum bölişiça, yangi asfalt yotqizilgan yölning bir qismiga mayda toşlar uyumi taşlab ketilgan.
Natijada harakatlaniş qismi qisqarib, haydovçilar uçun xavfli vaziyat yuzaga kelgan.
Oqibatda Cobalt yöldan çiqib ketgan, Gentra esa ağdarilib ketgan.
Eng açinarali tomoni — yangi asfaltlangan yölning özi emas, balki uning bir qismida harakat uçun qoldirilgan hududning toşlar bilan tösilib qolgani savollarni paydo qilmoqda.
Nega yangi asfaltlangan yölda harakat xavfsizligi taminlanmagan? Mayda toşlar yölga kim tomonidan va nima maqsadda taşlangan? Yölning qisqarişi haqida masullarga xabar berilganmi?
Yöl qurilişi yoki tamirlaş işlari olib borilayotgan bölsa ham, harakat iştirokçilari xavfsizligi birinçi örinda turişi kerak. Ayniqsa, yangi asfaltlangan yölda bunday holat yanada jiddiy yondaşuvni talab qiladi.
Hozir esa asosiy savol: bu toşlar avariyaga sabab bölgan omillardan biri bölganmi?
Masul taşkilotlar uşbu holatga oydinlik kiritişi, yöldagi xavfli tösiqlar kim tomonidan qoldirilganini aniqlaşi va yöl harakati xavfsizligi taminlangan-taminlanmaganiga baho berişi kerak.
Yangi yöl — yangi muammoga aylanmasligi kerak.