Xorazmda kambağallikni qisqartiriş uçun 2,6 trillion söm yönaltiriladi
10-09-2026, 05:57
132 марта
Xorazmda kambağallikni qisqartiriş uçun 2,6 trillion söm yönaltiriladiXorazm viloyatida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan işlar yangi bosqiçga çiqarilmoqda.
Malum qilinişiça, viloyatda tört oy davomida kambağallikni qisqartiriş uçun 2,6 trillion söm mablağ yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Viloyat hokimi Jörabek Raximovning takidlaşiça, uşbu mablağlar hisobiga 20 mingga yaqin oilani kambağallikdan çiqariş, 39 ming fuqaroni doimiy iş bilan taminlaş hamda 66 ming aholi daromadini oşiriş maqsad qilingan.
Bu raqamlar ortida minglab oilalarning turmuş şaroitini yaxşilaş, ularga barqaror daromad manbasini yaratiş va mehnat orqali farovonlikka erişiş masalasi turibdi.
Eng muhim savol esa — ajratilayotgan 2,6 trillion söm qanday sarflanadi va natijalar qay darajada böladi? Çunki kambağallikni qisqartirişda faqat mablağ ajratiş emas, balki uning manzilli va samarali işlatilişi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Xorazmda uşbu rejalarning amaliy natijasi, ayniqsa 20 mingga yaqin oilaning haqiqatan ham kambağallikdan çiqarilişi jamoatçilik uçun muhim körsatkiç böladi.