USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Boğotda piyodalar yölagi qurilişi savollar uyğotmoqda: ariqlar usti yoğoç va beton bilan yopilmoqdami?

327 марта
Boğotda piyodalar yölagi qurilişi savollar uyğotmoqda: ariqlar usti yoğoç va beton bilan yopilmoqdami? 

Xorazm viloyati Boğot tumani Oğzravot qişloğida mahalla içki hududlarida obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Jumladan, aholi uçun piyodalar yölaklari taşkil etilmoqda.

Biroq yölak qurilayotgan ayrim joylardagi usul etiborni tortmoqda.

Taqdim etilgan suratlarda ariqdan ötadigan qismlarda uning tagi turli yoğoç bölaklari bilan mustahkamlangani, şu asos ustiga esa beton quyilib, piyodalar harakati uçun yölak hosil qilinayotgani körinadi.

Albatta, mahalla içida piyodalar uçun alohida yölaklar barpo etilişi aholi uçun qulaylik yaratadi. Ammo savol şundaki: ariq ustidan bunday usulda yölak quriş loyihada közda tutilganmi va mazkur konstruktsiya qança muddatga möljallangan?

Ayniqsa, ariq tagida yoğoç materiallardan foydalanilayotgani ularning namlik tasirida vaqt ötişi bilan çirişi yoki konstruktsiyaning mustahkamligiga tasir qilişi mumkinligi haqida savollarni paydo qiladi.

Yana bir muhim masala — beton konstruktsiya ariqdagi suv oqimiga qanday tasir qilişi. Agar suv ötişi uçun yetarli joy qoldirilmasa, kelgusida ariqning tiqilişi yoki suv oqimi bilan boğliq muammolar yuzaga kelişi ehtimoli bor.

Şu bois mutasaddilardan uşbu piyodalar yölagi qaysi loyiha asosida qurilayotgani, işlarni kim bajarayotgani, foydalanilayotgan materiallar va quriliş texnologiyasi belgilangan talablarga mos yoki mos emasligi haqida izoh kutiladi.

Zero, obodonlaştiriş işlarining özi yaxşi taşabbus. Lekin asosiy maqsad — faqat yölak quriş emas, balki uni sifatli, xavfsiz va uzoq yillar xizmat qiladigan qilib barpo etiş.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: