Xorazmda gigant qovoqlar yetiştiriladimi?
16-09-2026, 10:52
137 марта
Xorazmda gigant qovoqlar yetiştiriladimi? Amerikalik olimlar bilan yangi tajriba boşlandi
Xonqada oddiy qovoq emas, ulkan hajmdagi qovoq yetiştiriş böyiça xalqaro tajriba amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda amerikalik olimlar ham iştirok etmoqda.
Xorazmda polizçilikning yangi yönalişlaridan biri — yirik qovoq yetiştiriş texnologiyalari böyiça amaliy tajribalar boşlandi.
Bu borada ötkazilgan amaliy seminarda xalqaro ekspert Alan Volters, Sabzavotçilik, polizçilik va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti, viloyat Agroxizmatlar markazi, viloyat AKIS mutaxassislari hamda sabzavotçilik va çorvaçilik yönalişida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdi.
Qovoqni qanday qilib ulkan yetiştiriş mumkin?
Seminar davomida yirik qovoq yetiştirişda qöllaniladigan zamonaviy agrotexnologiyalar muhokama qilindi.
Xususan:
— ekinlarni parvarişlaşning zamonaviy usullari;
— sifatli uruğlik tayyorlaş;
— birlamçi uruğçilikni yölga qöyiş;
— hosildorlikni oşiriş;
— xorijiy tajribalarni Xorazm şaroitiga moslaştiriş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Bu texnologiyalar nafaqat yirik qovoq yetiştiriş, balki poliz mahsulotlarining sifati va hosildorligini oşirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.
Eng qiziq jihati — tajriba Xonqada ötkazilmoqda
Ayni paytda Xonqa tumanidagi ilmiy-tadqiqot instituti stantsiyasida amerikalik olimlar bilan hamkorlikda yirik qovoq yetiştiriş böyiça amaliy tajribalar olib borilmoqda.
Yani gap faqat seminar yoki nazariy tavsiyalar haqida emas. Xalqaro tajriba bevosita Xorazm tuproği va iqlimi şaroitida sinab körilmoqda.
Agar tajribalar muvaffaqiyatli natija bersa, kelgusida yirik qovoq yetiştiriş texnologiyalarini mahalliy fermer xöjaliklariga keng joriy etiş imkoniyati paydo bölişi mumkin.
Xorazmda qovoqning hajmi qançalik katta bölişi mumkin? Bu tajribalar qanday natija beradi? Eng qiziq natijalar hosil yiğimi davrida malum böladi.



