URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETIDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI KENG NIŞONLANDI
30-09-2026, 13:10
178 марта
URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETIDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI KENG NIŞONLANDIUstozga ehtirom — ilmga ehtirom, ustozga hurmat — kelajakka hurmatdir.
Bugun Urganç davlat universitetida 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-öqituvçilar va murabbiylarga yuksak ehtirom ifodasi sifatida tantanali bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirni universitet rektori Feruza Madraximova oçib berdi. U öz sözida universitetning ilmiy-marifiy salohiyatini yuksaltiriş, yoş avlodga sifatli talim beriş va ularni munosib insonlar etib tarbiyalaşda ustozlarning beqiyos örnini alohida takidladi.
Şuningdek, tadbirda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev hamda Xorazm viloyati prokurori örinbosari Xudayberdi Norqobilov iştirok etib, universitet professor-öqituvçilari va murabbiylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
Mehmonlar ustozlarga şarafli va masuliyatli faoliyatida kuç-ğayrat, mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik va yangi zafarlar tiladilar.
USTOZLAR MEHNATI ETIROF ETILDI
Bayram tadbiri doirasida bir guruh universitet professor-öqituvçilariga «Oliy talim aloçisi» kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi.
Şuningdek, bir qator professor-öqituvçilar Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripovning Faxriy yorliği bilan taqdirlandilar.
Bu kabi etiroflar talim sohasida köp yillar davomida samarali mehnat qilib, yoş avlod kamolotiga munosib hissa qöşayotgan ustozlarning fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.
BAYRAM TADBIRI KÖTARINKI KAYFIYaTDA ÖTDI
Tantanali tadbirning badiiy qismi ham bayramona ruhda taşkil etildi.
Unda el suygan taniqli sanatkorlar — Özbekiston xalq hofizi, professor Oçilbek Matçanov, «Şuhrat» medali sohibasi Xurşida Eşniyozova, «Şuhrat» medali sohiblari Uluğbek Bobojonov, xonanda Hilola Bobojonova, şuningdek, universitet Sanat kafedrasining istedodli professor-öqituvçilari iştirok etdilar.
Ijro etilgan dilbar kuy-qöşiqlar, raqslar va sanat namunalari ustozlar uçun taşkil etilgan bayramga yanada kötarinki kayfiyat va öziga xos fayz bağişladi.
Umuman, Urganç davlat universitetidagi tadbir ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi yuksak maqomi, ularning yoş avlod tarbiyasi va mamlakat taraqqiyotidagi muhim örni yana bir bor namoyon etilgan bayram sifatida ötdi.
Zero, ustozga ehtirom — ilmga ehtirom, ilmga ehtirom esa kelajakka ehtiromdir.

























