Şovotda 44 yillik gaz quvurlari yangisiga almaştirilmoqda: 389 xonadonda gaz bosimi barqarorlaşadi
17-09-2026, 19:54
30 марта
Şovotda 44 yillik gaz quvurlari yangisiga almaştirilmoqda: 389 xonadonda gaz bosimi barqarorlaşadiŞovot tumanining Töqmangit mahallasida aholiga körsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oşiriş va kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida mukammal tamirlaş işlari olib borilmoqda. Bu boradagi eng muhim loyihalardan biri — mahalla hududidan ötgan, bundan 44 yil muqaddam yotqizilgan 114 mm diametrli gaz quvurlarini töliq yangisiga almaştiriş işlaridir.
Sifat va xavfsizlik birinçi örinda
Qariyb yarim asr xizmat qilgan eski quvurlar bugungi kunda nafaqat gaz bosimining pasayişiga, balki ortiqça gaz yöqotişlariga ham sabab bölayotgan edi. Ayniqsa, qiş oylarida istemol ortgan paytda mahalla ahli bu muammoni yaqqol his qilardi. Yangi va zamonaviy quvurlarning örnatilişi esa uşbu xavf-xatarlarga barham beradi.
Loyiha nima beradi?
Mutaxassislarning takidlaşiça, işlar yakunlangaç, mahalladagi 389 ta xonadon uçun tabiiy gaz bosimi barqarorlaşadi va taminot darajasi sezilarli darajada yaxşilanadi.
Şuningdek, tizimdagi ortiqça gaz yöqotişlarining oldi olinadi. Bu esa resurslardan unumli va tejamkor foydalaniş imkonini beradi.
Eng muhimi, mahalla ahli uçun kuz-qiş mavsumida issiq va xavfsiz şaroit yaratiladi.
Xonadonlarga fayz, oilalarga xotirjamlik
Amalga oşirilayotgan bu xayrli işlar Töqmangit mahallasi aholisining turmuş farovonligini oşiriş, ularning xonadonlariga uzluksiz va sifatli xizmatlarni yetkazib berişga xizmat qiladi. Sovuq kunlar boşlanişidan oldin yakunlanadigan tamirlaş işlari yuzlab oilalarga qişni xotirjam kutib oliş imkonini beradi.

