TRT telekanali Xivada: "Lazgi" endi turk tomoşabinlariga yetib boradi
10-11-2026, 10:18
90 марта
TRT telekanali Xivada: "Lazgi" endi turk tomoşabinlariga yetib boradiTurkiyanin eng yirik teleradiokompaniyalaridan biri TRT ijodiy guruhi Xorazm viloyatida bölib, qadimiy Xiva şahrida "Bir Adım, Bin Avaz" körsatuvinin navbatdagi sonini suratga oldi. Tasvirga oliş işlari beş kun davom etdi.
Taşrifdan maqsad Xorazmnin tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari, san'ati va an'analarini xalqaro auditoriyaga taqdim etiş. Içan qal'a davlat muzey-qöriqxonasida mehmonlarga dunyoga maşhur "Lazgi" raqsi, milliy raqs san'ati, an'anaviy musiqa va milliy çolğu asboblari namoyiş etildi.
Körsatuv uçun Xorazm san'ati va madaniyatiga katta hissa qöşgan tajribali faxriy ijodkorlardan intervyular ham olindi. Bundan taşqari, TRT vakillari uçun maxsus info-media tur taşkil etilib, ularga viloyatnin turizm imkoniyatlari bilan yaqindan taniştirildi.
Xalqaro telekanalda efirga uzatiladigan bunday körsatuvlar Xorazmni xorijlik sayyohlarga yanada keng taniştiriş imkonini beradi.
#Xorazm #Xiva #IçanQal'a #Lazgi #TRT #Turizm





