Xiva tumanida suyultirilgan gaz endi Qöriqlaş xizmati nazoratida tarqatilmoqda
20-11-2026, 22:56
130 марта
Xiva tumanida suyultirilgan gaz endi Qöriqlaş xizmati nazoratida tarqatilmoqdaXiva tumani mahallalarida aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş jarayoni yangiça tartibda yölga qöyildi. Endi gaz ortilgan maxsus avtotransport vositasi mahallaga kirib kelganda, gaz ta'minoti xodimlari bilan birga Içki işlar boşqarmasi Qöriqlaş xizmati vakillari ham jarayonda iştirok etmoqda.
Yangi tartib nima uçun kerak?
Ma'lum qilinişiça, mazkur mexanizm aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlaş, eng asosiysi, taqsimot jarayonida inson omili bilan boğliq turli ovoragarçilik va suiiste'molliklarga barham beriş maqsadida joriy etilgan. U bugun Xiva tumanida öz samarasini körsatmoqda.
Har bir xonadon – röyxat asosida
Endi har bir xonadon va har bir iste'molçi röyxat asosida, qat'iy nazorat ostida gaz bilan ta'minlanmoqda. Qöriqlaş xizmati xodimlarining jarayonga biriktirilişi maişiy gaz ballonlarining manzildan adaşmasligini hamda ularning belgilangan narx va tartibda bevosita öz egasiga topşirilişini kafolatlamoqda.
Bu tartib, ayniqsa, qiş mavsumida muhim ahamiyatga ega. Natijada ballonlarning qölma-qöl bölib ketişi yoki belgilangan narxdan qimmatga sotilişi kabi holatlarning oldi olinadi.
Mas'ullarning maqsadi bitta: xalq rozi bölsin, haqli e'tirozlarga örin qolmasin.
#Xiva #Xorazm #gaz #suyultirilgangaz #IIB #xorazmbugun

