URGANÇDA IŞLAR NOMIGA AMALGA OŞIRILYaPTI?
2-12-2025, 12:27
455 марта
URGANÇDA IŞLAR NOMIGA AMALGA OŞIRILYaPTI?Urganç şaharining ayrim hududlarida temir ustunlarni böyaş işlari olib borilmoqda. Albatta, infratuzilmani tartibga keltiriş — quvonarli işlardan. Ammo aholini öylantirayotgan bir savol bor: nega ustunlar faqat yarmigaça böyalayapti?
Köçadagi manzara şunday: ustunning pastki qismi yangidek, yuqori qismi esa eski, zang bosgan holatda qolgan. Bu xolat tabiiy ravişda savol tuğdiradi:• Bizda ustunlarni töliq böyaydigan kran yoki maxsus texnika yöqmi?
• Nega iş bir martalik, rejali va töliq qilib berilmayapti?
• Yoki bu iş xöjalik hisobida, “nomiga bajarilgan” işlardan biri xolosmi?
Aslida katta bir şahar körinişiga tasir qiluvçi bunday işlar yuzasidan masullar jiddiy etibor qaratişi kerak. Çunki yarmi böyalgan, yarmi zanglab turgan ustunlar nafaqat estetik jihatdan, balki amaliy jihatdan ham yaxşi köriniş emas.
Eng qiziği — keyin bu ustunlarning qolgan yarmini kim böyaydi? Ertaga yana alohida texnika çaqiriladimi? Yoki bu iş boşidanoq rejasiz amalga oşirilganmi?

Aholi örtasidagi fikr bir: işni nomiga qilişdan köra, umuman qilmagan yaxşiroq. Agar iş boşlangan bölsa, u töliq va sifatli amalga oşirilişi lozim.Urganç kabi viloyat markazida bunday “köz böyab köyiş”ga öxşagan yondaşuvlar xalqning işonçini kamaytirişi turgan gap. Şu bois bu holat yuzasidan masul taşkilotlardan rasmiy izoh va aniq reja kutilyapti.
Şahar — hammamizning yuzimizni aks ettiruvçi oyna. Uni yarim çora bilan emas, töliq va masuliyat bilan tartibga keltiriş zarur.