Tanqiddan söng: Urganç şahridagi köp qavatli uylarda liftlar işlay boşladi
20-12-2025, 06:58
99 марта
Tanqiddan söng: Urganç şahridagi köp qavatli uylarda liftlar işlay boşladiUrganç şahridagi ayrim köp qavatli turar joy binolarida uzoq vaqt davomida işlamagan liftlar jamoatçilik tanqidi va OAVdagi çiqişlardan söng yana işga tuşirildi.
Avvalroq aholi tomonidan liftlar nosozligi sabab keksa fuqarolar, nogironligi bölgan şaxslar hamda yoş bolali oilalar qator qiyinçiliklarga duç kelayotgani haqida murojaatlar qilingan edi. Mazkur holat tanqidiy materiallar orqali kötarilgandan keyin mutasaddi taşkilotlar tomonidan muammoga etibor qaratildi.
Malumotlarga köra, hozirda bir qator uylarda liftlar tamirlanib, foydalanişga topşirilgan. Masul idoralar liftlar texnik holatini doimiy nazoratda uşlaş va kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligini taminlaş yuzasidan çoralar körilayotganini malum qildi.
Aholi esa körilgan çora-tadbirlardan qoniqiş bildirib, muammolarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritiş samara berganini takidlamoqda.