USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda yaşagan … nemislar

94 марта
Xorazmda yaşagan … nemislar
“Oqmaçitdagi bozordan zotdor sigir sotib oldim”, “Penner işlagan surat zör çiqibdi”, “Vilgelm menga qarz berib turdi”, “Xerman ajoyib duradgor ekan, uning yasagan eşigi sifatli…”xullas, bunday gap-sözlarni 19 asr oxiri va 20 asrning 37 yillarigaça uzoq Ovröpada emas, Xiva yoki Urgançda tez-tez eşitiş mumkin edi. Çunki, bu davrda Xorazmda nemislar yaşaşgan.

TAQDIR SÖQMOQLARI

Nasroniy dinining annabatizm mazhabidan 16 asrda ajralib çiqqan protestantlik oqimidagi nemislar—mennonit nemislari deb atalgan. Uning manosi itoatgöylik degani bölib, ular diniy etiqodlariga köra qurol uşlab uruşlarda qatnaşiş kabi işlarni mudhiş iş hisoblab, gunoh ataganlar. Şu bois ham ularning taqdiriga vatanni taşlab ketib sarson-sargardonçilikda yuriş yozilgandi.

Bu qismat ayniqsa 19 asrning ikkinçi yarmidan boşlab ularni boşqa hududlarga boşladi. Prussiya hukumatining uruşga tayyorgarlik köriş asnosida mennonit nemislarini ham harbiy xizmatga jalb qilişga urinişi ularning vatanlari –Amrionburgni taşlab ketişga majbur qildi.

Rusiya imperatoriga mennonit nemislaridan tuşgan taklif—ularning rus sarhadlariga kirib kelişga ijozat söraşi ijobiy hal böladi. Ular şu tariqa 19 asrning 60 yillarida Volga böylariga joylaşib, nemis qişloqlarini taşkil qilişadi. Nemislarning Rusiyaga kelişi ommaviy ravişda nemis millatiga mansub kişilarning birinçi bor rus sarhadlariga qadam qöyişi emasdi. Bu hol ança ilgariroq—Ekaterina 2ning podşoligi davridan boşlangandi.

Asli nemis millatiga mansub bölgan Yekaterina 2(1729—1796) Rusiya çiqqan 1762 yildan boşlab rus sarhadlariga Ovröpadan köplab nemislar ommaviy ravişda köçib kela boşlaşdi.
Hatto Yekateina 2 1763 yil 22 iyulda maxsus manifest elon qilib, xorijliklarning Rusiyaga ommaviy ravişda köçib kelişi rasmiylaştirişini malum qildi. Şu farmonga köra xorijliklar qayerda yaşaşni istaşsa, öşa joydan maxsus yer ajratib beriladigan böldi. Ular ön yil davomida soliqlardan ozod qilindilar. Har bir köçib kelgan xonadonga 30 desyatina yer mulk sifatida berildi. Ana şu kabi imtiyozlar tufayli Şarqiy Prussiyadagi köplab nemis oilalari Rusiyaning Çernigov, Odessa, Saratov, Samara, Vrornej guberniyalari,peterburg şahri atroflariga köçib kela boşladilar. Şu tarzda Rossiyada sohibi nemis bölgan “Genrix Bilfeld”, “Karl Ştreyba”, “Krauze Ştraux”, “Georg Frik”, “Yakob Neyfeld”, “ mitrepol” kabi firmalar faoliyat körsata boşladi. Ular şu tarzda 18-19 asrlarda Ural konlari, Sibir örmonlari,Kavkaz neftining ham xöjayinlariga aylandilar.
Qolaversa, romanovlar sulolasi rusiya taxtini boşqarişda nemis dvoryanlariga suyanib siyosat yurgizişganlar. Imperatorlarga ham köproq xorijlik yoki rus dvoryanidan boşqa xorijlik yoki rus dvryanidan nemis dvoryani öz tasirini köproq ötkazaolgan.

Ana şu tarzda Rusiyada faoliyat körsatayotgan nemislar safiga menonit millatdoşlari kelib qöşilişdi. Bu paytda Rusiya sarhadlari Turkiston tomon kengayotgan davr edi.
Rusiyaning ikki boşli burgut tasviri tuşirilgan bayroği Boltiqböyidan to Kavkaz çöqqilarigaça,Sibir örmonlari-yu, Ukraina daştlarida hilpiraganiça turardi.
1853 yili Qöqon xonligiga qaraşli Oqmaçitning Rusiya tomonidan istilo qilinişi bilan Turkistondagi xonliklarni böysundirişga harakat boşlandi. Rusiya armiyasining şiddat bilan qilgan janug-jadallari natijasida birin-ketin Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rusiyaning mustamlakasiga aylandi. Şu tariqa Rusiya aholisi ruslardagi köp tuğiliş tufayli emas, balki bosib olingan ölkalarning aholisi hisobiga köpaya boşladi. Rusiya aholisi Pyotr 1 davrida 15 million bölsa, istiloçilik harakatlari avjiga çiqqan 1871 yili 77 millionga yetdi.

Ana şu 77 million aholi orasida öz urf-odatlari, diniy etiqodlariga amal qilib Rusiyada yaşayotgan mennonit nemislari ham bor edi.


Biroq ularning Rusiyadagi barqaror hayoti 1874 yilda buzildi. Öşa yili Rusiyadagi barça dindagi erkaklarni harbiy xizmatga jalb qiliş töğrisida qonun qabul qilinib, qonun 1880 yildan kuçga kirajagi elon qilinadi. Bu qaror tabiyki menonit nemislarining hayotida salbiy rol öynardi. Şu bois 1874 -1880 yillarda menonit nemislarining vakillari Peterburgga, podşo huzuriga borib, harbiy xizmatdan ozod qilişlarini söraşdi. Lekin ularning iltimoslari rad etiladi.

Şu örinda harbiy xizmat haqidagi yuqoridagi farmon haqida alohida töxtaliş joiz. Imperatorning maxfiy maslahatçisi F. Girs Turkistonni taftiş qilib, ölkada 2406000 kişi yaşaşaşini, şulardan 1200000 kişi erkaklar ekanligini aniqlagandi. Uning fikriça, şu erkaklarni harbiy xizmat majburiyatini yuklaş masalasi ğoyat qaltis siyosatdir. Agar ana şu erkaklar harbiy xizmatga çaqirilsa, 6 yil içida harbiy texnikani yuksak mahorat bilan egollovçi jangovar armiya vujudga kelib Rossiyaning Turkistondagi faoliyati salbiy natija bilan tugaşi mumkin edi.
Şu bois, imperator F.Girsning fikrini inobatga olib, “Turkiston aholisini harbiy xizmatdan ozod qiliş töğrisida” qaror qabul qiladi.

Menonit nemislapri esa 6 yil davomida Peterburgga qatnay-qatnay özlari uçun şunday qonunni qabul qildirişa olmagandi. Ana şu fakt Rusiya imperatori tevaragidagi yuqori amaldorlar orasida nemislarga işonç bor bölganligini körsatadi. Negaki, turkistonliklarga qurol tutqazib harbiy xizmatga çaqirişni xavfli deb bilgan mustamlakaçilar, diniy etiqodiga köra qurol uşlaş umuman mumkin bölmagan mennonit nemislarini armiya saflariga jalb qilmoqçi bölgandilar. Ular nemislarni harbiy xizmatga çaqirib, öz maqsadlari yölida xizmat qildirmoqçi bölişgandi.
Biroq mennonit nemislari, katta imtiyozlar yaratib berilganiga qaramay, bu gal ham etiqodlariga amal qilib, harbiy xizmat qilişdan boş tortib yana sarson-sargardonçilikni boşlaşga tayyorlana boşladilar.

Şu asnoda menonit nemislari orasida katta mavqega ega bölgan Yanttsen Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan tanişib qoladi. Ruslaşib ketgan nemis zodagoni oilasiga mansub bölgan fon Kaufman millatdoşlari boşiga tuşgan taşvişini yengillaştirişga urinadi. Imperatorga tasir ötkaza oladigan darajadagi Kaufman Yanttsenga Turkistonga köçib borişni taklif qiladi. Tağin millatdoşlarini 25 yil davomida harbiy xizmatdan ozod qilişga vada beradi. Bu taklif menonit nemislari tomonidan 1879 yilda samimiy qabul qilinadi.

XAVF-XATARLI TURKISTON SARI

1880 yili Samara guberniyasidan Turkiston tomon xuddi “Buyuk ipak yöli “dan yurgan karvonlar singari, 18 aravadan iborat menonit nemislari yölga çiqişdi. 10 nafar oila azolaridan taşkil topgan uşbu karvon 18 oktyabrda Toşkent yaqinidagi Qoplonbekka joylaştiriladi. Oradan biroz vaqt ötib, bu yerga yana 92 oiladan iborat mennonit nemislari köçib kelişadi. Bir guruh nemislar esa Buxoro amirligiga qaraşli bölgan Ziyrabuloqdan panoh topişadi.

Ana şu paytda Samarqanda xizmat qilayotgan çor generali Dreş, nemislar orasida katta mavqega ega bölgan Yanttsenga xat yozadi. General öz maktubida Petro-Aleksandrovsk (Törtköl) dagi general fon Grottenhelm Xiva xoni Muhammad Rahimxon 11 bilan nemislar haqida suhbatlaşganini yozgandi. Suhbatning asosiy mavzusi esa menonit nemislarining Xiva xonligida yaşaşi haqida edi. Maktub oxirida Dreş Xiva xoni baron Grottenhelmning taklifiga rozi bölganini yozib, xon bilan muzokara olib boriş uçun delegatsiya yuborişni maslahat bergandi.

Generalning maslahatiga amal qilgan nemislar Yanttsen,Riyezen,Ep ismli kişilardan iborat vakillarni muzokara uçun yöllaydilar.
Yölboşçi bilan 4 kişini taşkil qilgan vakillar Petro-Aleksandrovsk orqali Xivaga—xon huzuriga boriladigan 1000 çaqirimlik maşaqqatli yölga otlanadilar.

Ularni Petro-Aleksandrovskda baron fon Grottenhelm samimiy kutib oladi. Yaxşilab mehmon qilgaç yaxşi bir tarjimonni vakillarga qöşib Xivaga jönatadi. Vakillar esa qayiqda Amudaryodan suzib ötib, 40 çaqirimça otda yurganlariça Xivaga yetib boradilar. Xon ham mennonitlarning vakillarini döstona kutib olib mehmon qiladi. Nemislarning Xorazmga kelişiga rozi bölgan Muhammad Rahimxon 11, faqat çöçqa boqmaslikni iltimos qiladi. Xonning bu şarti qabul qilinadi. Nemislarning yaşaş joyi sifatida esa daryoning 160 çaqirim quyi qismidagi kemalar yuradigan Lavzon kanali böylari ajratib berilajagi malum qilinadi.
Muzokara yaxşi natijalar bilan tugallanib, vakillar ortga ketişadi.

XORAZM — MENNONIT NEMISLARINING PANOHI

Oltmiş oiladan iborat aravalar karvoni Zarafşonning quyiliş qismigaça yetib kelişadi. Bu yerda aravadagi yuklar 450 ta tuyaga ortilganiça Xorazm sari yölga tuşişadi. Yöl maşaqqatlari haqida Xerman Yanttsen “Xavf-xatarli Turkistonda…” asarida şunday yozadi: “kun sayin issiq şunday qizdirardiki, aslo yurib bölmasdi. Şuning uçun, kunduzlari tuyalarning ustidagi yuklarini tuşirib, dam olardik. Suv deyarli umuman yöq edi. Quyoş ğarbga botayotganda, yuklar ortilib, goh toğning ustki, goh pastki qismidan va behisob qumtepaliklardan yurib ketaverardik. Köp ayollar va bolalar tuyalarning ustidagi tebranişlar tufayli, köngillari aynib, juda köp azob çekdilar. Köp keçalar şu ahvolda ötdi”.

Ular şu ahvolda Buxoro amirligiga qaraşli Iliqiq degan joyga kelişadi. Xuddi şu joyning nariroğidan Amudaryo oqib ötardi. Bu yerda mennonit nemislarini töqqiz yelkanli qayiqda xivaliklar kutib turişgandi.
Ular ana şu töqqiz yelkanli qayiqda ön kun daryoda oqim böylab suzib, Petro-Aleksandrovskga yetib kelişadi.

Ovröpo tipidagi bu şaharda millatdoşlarini general fon Grottenhelm rafiqasi va bolalari, şuningdek boşqa harbiylar bilan kutib oladi. Özaro muloqot ona tillari—nemis tilida bölib ötadi.

Suhbat paytida general millatdoşlariga Lavzan kanali böyidagi qarorgohida quriliş uçun kerakli narsalarni xarid qilişni maslahat beradi. Negaki, Petro-Aleksandrovskdagi ovröpaliklarning dökonlarida nemislar uçun asqotadigan quriliş aşyolari topilardi. Şu tarzda har bir oila eşik, deraza, ularning oşiq-moşiqlari va mix kabi narsalarni sotib olişadi.

Keyin yana yuqoridagi yelkanli kemalarga joylaşganiça, 160 çaqirim uzoqlikdagi Lavzan kanaliga qarab suzişadi.

Nihoyat, Qipçoq qişloğidagi Lavzan kanali böyiga yetib kelgaç özlariga mos turar joy quriş uçun maydon qidirişadi.
Bu haqda Xerman Yanttsen şunday yozadi: “ Lavzan har ikkala tomonidan baland dambalar bilan tösib qöyilgandi. Biz boşpana quriş uçun damba ortidagi yerlarni öt-ölanlardan tozaladik va tez orada qişloq yöli yonidan yertölalar qurişga kirişib ketdik. Tomni yopiş uçun yoğoç va qamiş juda köp edi. Yonilği, ötin ham yetarli edi”.

Nemislar faqat özlariga emas, balki otlariga ham ozuqa yiğişga, qişda maxsus otlarni saqlovçi otxona qurişga kirişadilar. Otxonani qurişda özbeklarning yordamidan foydalanadilar.

Özbeklar nemislarga un, guruç, yoğ, tovuq, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlarini ham arzon bahoda sotardilar. X.Yanttsenning yozişiga köra, “ bir metrça keladigan bitta bakra baliği 25 tiyingina turardi, xolos”.

Bu paytda 1883 yilning qiş payti kelib qolgandi. Qiş esa nemislar uçun osoyişta holda ötdi. Bahorda esa baland bir tepalikka turar joylar qurib, atrofini devor bilan yaxşilab örab olişadi.

Bu orada nemislarni qöriqlab turiş uçun kelgan çor armiyasining uç zobiti va bir qorovul, menonitlarni Lavzan böyiga örnaşib olişdi deya Petro-Aleksandrovskka qaytib ketişadi. Biroq soqçilar bilan saqlangan osoyiştalik vaqtinça edi. Ular ketgaç, nemislardan 5 çaqirim uzoqlikda joylaşgan yovmut turkmanlari tez-tez mennonitlar atrofida paydo bölib turişadi.

Bu orada yoz fasli ham kelib, ayni pişiqçilik damlari edi. Nemislar ekkan kartoşka, pomidor kabi sabzavot va mevalar hosilga kirgandi. Soqçilar yöqligidan foydalangan yovmutlar esa öğirlikka tuşa boşladilar. Qolaversa, mennonitlarda qurol yöqligini yovmutlar yaxşi bilardilar. Negaki, qöllariga qurol uşlaş umuman mumkin bölmagan mennonitlar atrofida buğu, yovvoyi tönğiz, sirtlon, şoğol kabi hayvonlar izğib yurişardi.

Öşa paytda mennonitlar boşiga tuşgan oğir kunlarni xotirlab X. Yanttsen keyinçalik şunday yozgandi:

“ Ular avval otlarimizni öğirlaşdi. Keyin oçiqçasiga Abramning yoşgina xotinini öğirlab ketmoqçi bölişdi. Xotinini himoya qilişga uringanida, uning özini öldirib ketişdi. Bazan ular odamlarimizni uylaridan haydab çiqarib, u yerdan özlariga yoqqan narsalarini olib ketardilar. Ayrim hollarda biz yoşlar bazi erkaklar bilan birga ulardan özimiz yasagan nayzalarimiz yordamida himoyalanişga urinardik. Bundan xabardor bölgan keksalarimiz bunday qilmasligimizni sörab,Ep toğaning oyoğiga yiqilib, yolvorardilar”.
Keksalar esa, yoşlarga etiqodlariga amal qilib qurol işlatişdan voz keçişni talab qilardilar. Yovmutlarning taqibu-tazyiqlari esa mennonitlarni oğir ahvolga solib qöygandi. Hatto, yigirmata oila Xiva xonligidagi panohdan voz keçib, Amerikaga ketişga tayyorgarlik köra boşlaydilar.
Ana şunday tahlikali kunlarning birida Qipçoq qişloğidagi töqayzorda ov qilgani kiçik otryadi bilan kazak zobiti keladi. U menonitlarning xomuşligi sababini bilgaç, xivalik askarlarni bu yerga yuborişga vada beradi.

Ov tugab kazak zobiti jönab ketgaç menonitlar huzuriga Xivadan askarlar keladi. Askarlarga xonning vaziri Qosim devon boşçilik qilardi. Vazir menonitlar hayoti bilan tanişarkan, nemis ustalari yasagan hunarmandçilik buyumlarini körib hayron qoladi. Yuksak did bilan ovröpaça yasalgan buyumlar vazirga xonning sözlarini eslatgandi. Negaki, Muhammad Rahimxon 2 Peterburgga borganida şunaqa buyumlarni saroyda körib, parketli binoga ega bölişni istagan va poytaxtdan qaytgaç bu voqeani vazirlariga hikoya qilib bergandi.
Xonning orzusi nemislar tufayli uşalişi, qolaversa şunday bölgan taqdirda özi ham xon oldida yuksak mavqega kötarilişini bilgan Qosim Devon nemis ustalarini Xivaga yuboradi.
Lavzan kanali böyidan Xivagaça bölgan 150 çaqirim yölni otda yurib çarçagan ustalarni xonning özi samimiy kutib oladi. Ustalar xonga özlarining yasagan tikuv qutisini sovğa qilişadi. Yoğoçni yaxşilab işlab, ustaga yumşoqqina paxta bilan polirovka yordamida sayqal berilgan bu quti xonga Peterburgni eslatadi. Xon bundan judayam xursnd böladi. Qosim Devondan nemislarning Qipçoq qişloğidagi yovmutlar hujumidan keyingi vayrona holga kelgan hayotini eşitib, ularni akasining Oqmaçitdagi boğiga köçirmoqçi ekanligini aytadi. Yovmutlar hujumidan xotirjamligini yöqotgan nemis ustalari bu taklifga bajonidil rozi bölişadi.

OQMAÇITDAGI HAYoT

Xiva şahridan 15 çaqirim janubi-öarqda joylaşgan Oqmaçit qişloğiga 1883 yilda Lavzan kanali böyidan nemislar köçib kelişdi. Köçiş ikki hafta davom qildi. Katta ğildirakli yuzlab aravalarda nemislarning jamiki yuklari, hatto yoğoç va qamişlargaça olib kelinadi. Izvoşçilar Oqmaçitlik dehqonlar edi.

Şu tariqa nemislar Oqmaçitga kelib örnaşib oldilar. Bu nemislarning Xorazmdagi sönggi yaşaş joylari edi. Negaki, nemislar endi xonning nazariga tuşgan insonlar edi.
Asta-sekin xonning okasiga tegişli örik va şaftolidan iborat boğida nemis uylari barpo böla boşladi. Tez orada uşbu boğning tört tomonida ovröpaça uylar qad kötardi. Uning örtasidagi katta maydonda esa çerkov, maktab va öqituvçilar xonasi quriladi.

Ön törtta usta esa Xivadagi Nurillaboy saroyida parketli pol yasaşni boşlab yuboradilar. Petro-Aleksandrovskdan keltirilgan pardoz loki va quruq yoğoç yordamida Nurillaboydagi işlar beş oyda tugallanadi. Nemislar faqat Nurillaboydagina emas, balki Xivadagi köplab ovröpaça uylarning derazalari, peçka va peştoqlarini, 1908-1912 yillarda barpo qilingan poçta, telegraf, kasalxona va boşqa inşooatlarni qurişda ham iştirok qildilar.

Çor Rusiyasining general-mayori M.N.Galkinning “Voyenno-statiçeskoye opisaniye Xivinskogo oazisa” kitobida yozilişiça, “ Oqmaçitlik nemislar vohada dehqonçilik bilan birga temirçilik, duradgorlik, slesarlik, böyoqçilik işlari bilan şuğullanadilar. AQŞ va Germaniyadan keltirilgan paxta tozalaş zavodi dastgohlari va jinlarni yurgiziş hamda remont qiliş ham ularning zimmasida edi” ( T, 1903 yil).

Jumladan, 1889 yilning dekabrida asos solingan Yangi Urganç paxta-yoğ zavodi ham nemislar nomi bilan boğliqdir. 1910 yilga kelib uni aka-uka Kraftlar öz qaramoğiga olişgan. Oqmaçitdagi nemislardan taşkil topgan remontçi-slesarlar, ustalar guruhi esa Gurlan, Yangi Urganç, Xivadagi paxta tozalaş zavodlarini tamirlab turganlar.

Nemis ayollari esa xon qarindoşlarinikida rözğor yumuşlarini bajarişga yordamlaşgan. Qizil tusdagi zotdor sigirlarni soğiş va qayta işlab, yoğ, qaymoq, pişloqqa aylantiriş ham nemis ayollarining zimmasida bölgan. Sutni qaymoq va yoğga ajratadigan separatorni ham ilk bor Xorazmda nemis ayollari işlatişgan. Özlarini töliq sut mahsulotlari bilan taminlagan nemislar ehtiyojdan ortiğini mahalliy xalqqa sotganlar.

Dehqonçilikka ixlos qöygan bir guruh nemislar esa qişloqdagi qöriq yerlarni özlaştiriş bilan şuğullangan. Kartoşka, karam, pomidor, lavlagi, baqlajon, bodring kabi ekinlardan yuqori hosil olişgan. Kartoşka, pomidor va baqlajon ekişni esa xorazmliklar nemislardan örganişgan.

Qişloqdagi boğlar esa olma, anor, behi, örik kabi mevali, çekkaroqda bölsa terak, tol, gujum, eman kabi manzarali daraxtlar bilan yanada çiroy oçgan. Nemislar quriliş aşyolari sifatida ana şu eman, gujum, terak va tollarni işlatişgan.

Ular şuningdek, çorvaçilik va dehqonçilik, hunarmandçilik, boğdorçilik bilan maşğul bölibgina qolmay bolalarini özlari taşkil etgan nemis maktablarida öqitişgan. Maktab tagida yertöla bölgan. Yertölada esa qişga ötin, yoqilği saqlab qöyilgan. Partalar bölsa yoğoçdan işlangan bölib, har biri 6 nafar öquvçi uçun möljallangan. Şuningdek, maktabda kutubxona ham mavjud bölgan.

Kutubxonada ilmu-fan bilan şuğullanişlari uçun şart-şaroit yetarli bölgan. Hatto, Xorazmga ilk bor fotografiyaning kirib kelişi ham oqmaçitlik nemislar bilan boğliq. Özbek fotografiyasi va kinosining otasi hisoblanmiş Xudoybergan Devonov (1879-1938) ham Oqmaçitlik Vilgelm Pennerga şogird tuşgan holda faoliyatini boşlagan.

Ana şu faktlarning öziyoq Oqmaçitlik nemislarning Xorazm taraqqiyotida sezilarli va öziga xos öringa ega bölganini körsatadi. Dastlab köçib kelgan yili—1883 yilda 40 oiladan iborat mennonit nemislari Oqmaçit qişloğini 20 asr boşlarida Ovröpaça şaharga aylantiradilar.

ÖZMARDAV arxivdagi “Xiva tobeining kulli axborotining röyxati” nomli hujjatda (125 raqamli) orqali biz 1910 yilda Oqmaçitdagi nemislar soni qança ekanini bilib olamiz. 1910 yil 16 dekabrda tuzib bölingan uşbu hujjatda 137 nafar nemis millatiga mansub fuqaro yaşagani qayd etilgan.

Oradan yillar ötib, bu raqam 1930 yillarda ança ortdi. Ungaça esa butun dunyodagi singari Çor Rusiyasining mustamlakasi bölgan Xiva xonligida ham qator özgarişlar röy berdi. Nemislar 1916 yildagi xalq qözğoloni, 1917 yildagi siyosiy jarayonlarda ham iştirok etmadilar. Şuningdek, 1920 yildan 1924 yilgaça faoliyat körsatgan XXR davrida ham Oqmaçitda sokin hayot keçirdilar.

Mennonit nemislarining Oqmaçitdagi 1937 yilgaça bölgan hayotini biz asosan ularni körgan kişilarning fikrlaridan bilib olişimiz mumkin.

1937 yili Xorazmga kelgan jurnalist Abul Bozorovning safarnomasi orqali Oqmaçitdagi nemislarning 20 asr boşlaridan to 1937 yilgaça bölgan faoliyatini kuzatamiz. Raykom vakili kuzatuida Oqmaçitda bölgan Abul Bozorov nemislarning hayotini şunday tasvirlaydi: “ Binolarning peştoqlarida ularning qurilgan sanalari yirik harf va raqamlar bilan öyma usulda yozib qöyilgan.

Binolarga bejirim zinapoyalardan kötarilib kirasiz. Kiraverişda 8-10 qadam uzunlikda keng yölak, çap tomonida romlik oynalar, öng tomonida silliq devor yaltirab turadi. Bunda ust boş va oyoq kiyimlar qöyiladigan örinlar bor. Içkarida keng zal, unga atrofdagi bölma derazalardan ham, şiftda uçburçak şaklida kötarilib işlangan tepa derazadan ham yoruğliq kiradi. Uy sahniga taxta töşalgan bölib, uning ostida bir neça bölmalardan iborat tagxona mavjud. Bu salqin bölmalar ombor vazifasini bajararkan. Xonalarda şkaf, garderob va divanlarning örni körinib turibdi, bazilarida qişlik kiyimlar, oila azolarining suratlari ham qolgan. Köpçilik uylardagi devor, pollari har yer-har yeridan köçirib olingan. Aytişlariça bu yerdan tilla-javohirlar izlaşgan. Şaharçada kasalxona, maktab, kutubxona, bolalar öynaydigan maydonçalar, teatr sahnasi, raqs maydoni, dökonlar mavjud. Hamma-hammasi reja bilan qurilgan. Har oila köpdan-köp yozuv-çizuv qurollari va xonaki kutubxonasiga ega bölgan. Şahar çekkasida esa turli ustaxonalar, möjaz korxonalar, şuningdek vino zavodi ham bölgan, deyişadi. Şahar qörğonlar bilan öralgan bölib, çekka tarafdagi darvozalarni qurolli soqçilar qöriqlaşgan.

Qörğon taşqarisidagi boğlarda olma, anor, behi, örik, yonğoq, tut, jiyda kabi mevali, çekka taraflarda esa terak, qayrağoç, manzarali eman daraxtlari ösib turgan. Qurilişlar va mebel yasaşga faqat özlari östirgan yoğoçlarni işlatişgan. Mebellari öta sifatli. Rostini aytganda, nemislar şaharçasidan musodara qilingan şkaf, stol, stul, divan va boşqa jihozlarni okrugning boşqa joylarida ham köriş mumkin.

Şaharçada haftada bir kun bozor bölgan. Unga faqat öşa kuni çetdan sanoqli kişilar kiritilgan. Göşt, yoğ, ğalla, asal, meva va boşqa mahsulotlar, yirik mayda mollar juda arzon narxda sotilgan. Keyinçalik mahalliy amaldorlar va fuqarolarning iltimosi bilan nemislar Xiva bozoriga ham qatnay boşlaşgan. Ular keltirgan sifatli va zotdor mollar esa bir zumda xarid qilingan. Nemislar tayyorlagan vinolar Samarqand, Toşkent zavodlarining mahsulotlari bilan raqobatlaşgan. Yertölalarda 30-40 yillik şaroblar saqlangan. Nemislar çorva naslini yaxşilab, möl va arzon mahsulotlar yetiştirganlar, parrandaçilik, aslariçilik bobida ham ularga raqobatçi topilmagan.

…. Köl böyidagi çorboğdan çiqib, ferma tomon ketayapmiz. Ustiga beda, piçan ğaramlari bosilgan katta ayvon röparasidan çiqdik. Bu yozgi molxona. Osti keng yertölada esa qiş paytlari mol boqilar ekan. Ikki tabaqalik katta eşikdan yertölaga kiramiz. Röparamizda uzunligi 120-150 metr keladigan ulkan oğilxona paydo böldi. Içida tört qatorlik oxurlar örnatilgan. Kiraverişdagi çap tomonda derazalar yonida idoralardagidek rosmana stol, stul, devor tarafda esa ajoyib divan turibdi. Stol ustida jurnal, hujjatlar, hisobçöt. Divanda boşlariga qora tsilindr, ustiga frak va oyoğiga laklangan qora tufli kiygan ikki nemis ötiribdi.

Bulardan biri Ollabergan Davlatyorov bölib, özbekçani mutlaqo bilmas, nemisça sözlar, rus tilida kamdan kam gapiradi. Ikkinçisi Rayim Rahmonboyev esa özbek, nemis, rus tillarida yaxşi sözlay olardi. Rahmonboyevning aytişiça, uni yoşligida otasi noçorlikdan xizmatkor qilib bergan. Ollaberganni esa kimdir çaqaloqligida qörğon içida qoldirib ketgan.
Bolani nemislar öz boşliqlariga tobşirganlar. Qörğon oqsoqoli har ikkala bolani öqitib, hunar örgatib, katta qilgan va işlatgan, uylantirib, uyli-joyli qilgan”.
Buxorolik Abul Bozorov mennonit nemislar Xorazmdan köçirib keltirilgandan söng Oqmaçitga kelgandi. 

Mennonitlarning Oqmaçitdan köçirilişi haqida esa Xivalik keksa muallim Qozoq Hoji öğli şunday hikoya qiladi:

—“Men ular yaşagan şaharçani, qalani körib hayron qolganman. Ular taşqarida heç kim bilan aloqa qilmay, bordi-keldisi bölmay, heç kimdan moddiy yordam söramay bu şaharni qanday bunyod qilişgan.

…Bir kuni şu yerlik kişilardan biri nemislarning boşliği Otaboy(Otto) oqsoqol yaşagan uyni körsatib: “Bu yer qabulxona bölgan. Otto nemisni hurmat qilib, unga özbekça Otaboy deya ism qöygandik. Otaboy nemis hamyurtlari jönaşining oxirgi kunigaça turib, imoratlar, jihozlar, mol-mulklarni hukumat komissiyasiga tobşirib ketgan” dedi. Köçirilişiga kelsak, 1937 yilda Xiva tumanidagi Pişkanik qişloğida yangi oçilgan şöro maktabining beşinçi sinfida öqir edim. Maktabimiz oldidan katta Oqmaçit-Xiva yöli ötardi. Şu yili Oqmaçit nemislarini boşqa joyga köçirişarmiş, degan gap tarqaldi. Haqiqatan ham şunday böldi. Bir kuni nemislarning ot-aravasi, mol-mulkini jamoa xöjaligiga tobşirib, özlarini piyoda, mirşablar qurşovida saf qilib Xiva qalasi tomon olib ötişdi. Ularni köriş uçun yöl böyiga çiqqanimizda mirşablar bizni quvib yuborişdi.
Yanglişmasam, 1958-60 yillar bölsa kerak. Oqmaçitdagi qarindoşimiz, öqituvçi Samandar aka Qalandarovning uyida töy bölayotganda ikki notaniş erkak va bir ayol taşrif buyurdi. Ular bizga notaniş tilda gapirişdi. Keyin bilsak, ular Oqmaçitdagi nemislarning farzandlari ekan. Ular şunday deyişdi: “ Ota-onamiz qarib qolişdi. Bizdan özbek birodarlardan, Oqmaçitdan xabar oling” deb yuborişdi.
Malum bölişiça, nemislar Oqmaçitda yaşaganida, ulardan biri şu yerlik Egam otadan qarz olgan ekan. Haligi kelganlardan biri, qarz olganlardan birining farzandi bölib, qarzni olib kelgan ekan”.

Ha, nemislar haqida ulardan şunday yorqin xotiralar qolgan. Ayniqsa, nemislarning Xorazm şevasida bemalol sözlaşa olganliklari, taklif qilingan barça töy-marakalarda qatnaşganliklari, ijtimoiy munosabatlarda qarz beriş-oliş umumqoidalariga qatiy amal qilganliklari, uyuşqoq va iqtidorli bölgan nemislarning har narsani öz mavridi, muddatida puxta bajarişga odatlanişgani, Qoraqum etaklarida qisqa bir fursat içida ovröpaça tipdagi şaharçaga asos solganliklari ham hanuz eslanadi. Şuningdek, aynan nemislar tufayli vohaliklar kartoşka, karam, lavlagi, bodring, pomidor, baqlajon kabi tansiq ekinlar parvarişini örganişgan.

Mennonit nemislarining Oqmaçitdan köçirilişiga sabab, tuzilayotgan kolxozlarga kirişni, bolalarini şöro maktabiga berişni hohlamay, yakka dehqon bölib işlab, bolalarini özlarining maktablarida öqitişgani edi.
Xorazmdan majburiy köçirilgan mennonit nemislari Tojikistonda qurilayotgan Vaxş suv ombori qurilişiga yuboriladi. Keyinçalik ular Rossiyaga, u yerdan esa Kanada, Germaniya va AQŞga köçib ketişadi.

XERMAN YaNTTsENNING NOYoB ASARI

Tarixni örganişda arxeologik va etnografik malumotlar va arxiv manbalari qançalik muhim rol öynasa, mavzuga tegişli bölgan davrda yaşagan muallifning yozib qoldirgan asari ham şunçalik ahamiyatga ega. Albatta har qanday manba, tanqidiy qaraş va boşqa manbalar bilan taqqoslaş natijasidagina haqqoniy xulosa çiqarişga undaydi.

1988 yilda Şveytsariyaning “Brunnen” naşriyotida nemis tilida naşr qilingan Xerman Yanttsenning “Xavf-xatarli Turkistonda: musulmonlar orasidagi hayot” nomli kitobi ham ana şunday muhim ahamiyatga ega bölgan manbalardan. Uşbu asar nafaqat nemislar uçun, balki Turkiston xalqlari uçun ham tarixni haqqoniy örganişda alohida xizmatlar qiladi. Negaki, asar muallifi ovröpalik bölgani uçun ham, şarq xalqlari hayotini öz nigohi bilan kuzatadi. Qolaversa, asar muallifning körgan keçirgan maşaqqatli hayotining solnomasi hamdir.

Muallif mennonit nemislarning Rossiyaga köçib kelganidan keyin—1866 yilning 22 mayida Samara guberniyasining Xensau qişloğida tuğiladi. Uning otasi Yanttsen millatdoşlari orasida katta mavqega ega bölgan. 180 gektar yeri, şaxsiy tegirmoni bölib, uyida 3 nafar rus xizmatkori yaşab, ular Yanttsenlar oilasiga rus tilini örgatişgan.

Xerman ham ana şu xizmatkorlar yordamida rus tilini örganadi. Xiva xonligiga kelgaç esa, Xorazm şevasini ham örganib, Quroni Karimni mutoaala qila boşlaydi. Bu paytda u 17 yoşda edi. Yoş bölişiga qaramay xon saroyida tarjimonlik qiladi.

Mahalliy aholi örtasida Yamin oğa nomi bilan maşhur Xerman 1890 yil xotini va ikki farzandi bilan Avliyoota(hozirgi Jambul) ga köçib ketadi. Oradan 28 yil ötib u Oqmaçitdagi birodarlarini köriş uçun Xorazmga qaytib keladi. Xivaning yangi xoni, Xermanning eski oşnasi Said Abdullaxon uni samimiy kutib oladi va öz rasmiga dastxat yozib sovğa qiladi.
Çor Rusiyasining hududlarida hokimiyatni egallagan bolşeviklar uning faoliyatini taqiqlab 3 marotaba ölimga hukm qilişadi. U öz asarining “Bolşeviklar orasida2 qismida ana şu tahlikali damlarni qalamga oladi.
1923 yilga kelib esa taqibu tazyiqlar natijasida farzandlari va qarindoşlarini Turkistonda qoldirib, xotini bilan Germaniyaga qoçişga majbur böladi.

Uning keyinçalik yozgan yuqoridagi asari ana şu tahlikali va xavf-xatarli Turkistonda keçirgan damlarini eslab yozilgan.

Muallif asarida Turkistondagi,Xiva xonligidagi körgan –bilganlari, xalqning yaşaş tarzi va ularning nemislarga bölgan munosabatini haqqoniy yoritişga urinadi. Ayniqsa, X.Yanttsenning asaridan Xiva xonligidagi tabiat tasvirlari, iqtisodiy vaziyat haqidagi lavhalari alohida xususiyatga ega.
Muallifning asarning “ yovmutlar orasida” deya nomlangan 4-bobida, Petro-Aleksandrovskdan Lavzan kanali böyiga Amudaryo orqali suzganlaridagi voqeani tasvirlarkan, bizga bugun muhim bölgan xonlikning hayvonot olami haqida şunday yozadi: “Keç kirib qolganida, sohilning biror qulayroq yerida töxtardik, çunki har ikkala tomonimiz şoğol, tulki va yoldor börilar ölja qidirib yuradigan tim qoronği töqay bilan qoplangandi. Hohlaganlar qayiq sahnida, qolganlar esa sohilda uxlardilar. Albatta, bunday paytda hayvonlarni qörqitiş uçun, katta olov yoqib qöyardik. Şunday bölsa-da, ular uvillaşib, çiyillaşib heç kimni tuzukkina uxlagani qöyişmasdi”.
Yana şu bölimning Lavzonga örnaşib olganlaridan keyingi voqea tafsiloti hikoya qilinayotib şunday yoziladi: “ Qiş biz uçun osoyişta ötdi. Faqatgina keçalari ahyon-ahyonda yovvoyi hayvonlarning uvillab turişi tinçligimizni buzardi. Har kuni atrofimizdan yölbarsning ovozi eşitilib turardi. Keyinçalik u şunday qörs bölib ketdiki, sahar paytlarida köça böylab qişloqning yarmigaça kirib boradigan böldi. Biroq u bizga ham, otlarimizga ham biror marta hujum qilgani yöq.. Ehtimol, “hayvonlar şohi” hamişa töq yurgan bölsalar kerak, çunki örmonda yovvoyi hayvonlar yetarli edi-da”.

Demak, ana şu malumotlardan bilsa böladiki, Xorazmda ilgari töqaylarda turli hayvonlar mavjud bölgan.

Şuningdek, Herman Yanttsen asarida yovmutlarning qilgan hujumlarini yozarkan, “ bizning qurolsiz ekanligimizni ular juda yaxşi bilardilar”, deydi. Negaki, ularning yonlarida bemalol buğu, yovvoyi tönğiz, sirtlon, şoğol kabi hayvonlar izğib yursalarda, birorta nemis ularga öq uzmasdi. Qolaversa, ularda qurolning özi yöq edi.

Yovmutlarning hujumidan mudoffa uçun qölbola yasalgan nayza ham keksa mennonitlarning talabi bilan yöqqa çiqariladi. Keksa Yanttsen yoşlarga şunday deydi: “Johillikka-johillik bilan javob berişdan uyalmaysizlarmi? Öz etiqodimizga sodiq qolib, qölimizga qurol olmaslik uçun, xalqimiz mamlakatma-mamlakat sarson-sargardon bölib yuribdi. Şunça azob-uqubatlarga çidab kelayapmizku. Bir zumdayoq ota-bobolarimizning etiqodini yöqqa çiqarmoqçimisizlar?”

Ha, etiqod tufayli mennonit nemislari vatandan voz keçganlariça, barqaror va osoyiştalik hukm surgan hududlardan panoh qidirişadi. Aksiga olib, Rusiyada ham, Turkistonda ham xavf-xatar hukmronlik qilgan 19 asrning oxiri, 20 asrning boşlari edi bu paytlar. Ğala-ğovurga töliq bu davrdagi mennonit nemislarning maşaqqatli hayotlari keyinçalik X.Yantsen tomonidan qalamga olindi. Uning boy faktik materiallarga töla asari biz turkistonliklar uçun qadrli manbadir.
1883 yildan 1937 yilgaça bölgan 54 yil tarix uçun qisqa davrdir. Biroq ana şu qisqa fursat içida nemislar Xorazm tarixidan özlariga xos va mos joy egallaşdi. Ularning yarim asrlik davrda keçirgan hayotlari davomida mahalliy xalq bilan bölgan munosabatlari ijobiy bölgani quvonarlidir.
Ayniqsa, nemislarning dehqonçilik va çorvaçilik sohalarida, xorazmliklar bilan qilgan aloqalari natijasida, Xorazm qişloq xöjaligida yangi taraqqiyot davri boşlandi. Oqmaçitdagi ovröpa tipidagi nemis şaharçasi esa Xorazm savdo va sanoat markazi bölib 1937 yilgaça ravnaq topdi. Agar mennonitlar 1937 yildan keyin ham Xorazmda yaşab qolganlarida qadimiy Xorazmning taraqqiyot andozasi nemislarning harakati bilan uyğunlaşib ketgan va yangi taraqqiyot davri boşlangan bölardi.
Afsus…afsus bunday bölmadi. Şöro mustamlakaçiligi mennonitlarni surgun qildi. Biroq Xorazmliklar nemislarning Xivada barpo qilgan inşoaatlarini, Oqmaçitdagi boği, ularning çorva va polizçilikdagi iş uslubini taraqqiy qildirdilar. Eng asosiysi, xorazmliklar nemislarning samimiyatini köngillarida asrab qoldilar.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: