“Yo qamoq, yo front”. Rossiya safida jang qilgan özbekistonlik Ukrainaga taslim böldi
18-10-2025, 09:30
497 марта

“Yo qamoq, yo front”. Rossiya safida jang qilgan özbekistonlik Ukrainaga taslim böldi
Rossiya tomonidan uruşga jalb qilingan Özbekiston fuqarosi Ukraina frontiga yetib borgan zahoti taslim böldi. Uning videomurojaatini “Nexta Live” kanali çop etdi.
31 yoşli buxorolik yigitning sözlariga köra, u Rossiya armiyasi safida uruşga qatnaşiş şartnomasini majburiy ravişda imzolagan. Mahalliy politsiya uni giyohvand moddalar bilan aloqadorlikda ayblab, 12–18 yilga qamab yuboriş bilan qörqitgan. Uning oldida esa ikkita yöl qolgan – yo qamoq, yo front.
Fuqaro frontga yetib kelgan zahoti Ukrainaning harbiy dronlaridan biri uni aniqlagan. U darhol qurolsiz holatda taslim bölgan. Rossiya armiyasidagi şaroitlar haqida gapirar ekan, u aloqa vositalari va harbiy jihozlarni öz hisobidan sotib olgani, armiyada tartibsizlik va aldov hukmronligini bildirgan.