USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya tarafida janglarda qatnaşgan özbekistonlikka ozodlikni çeklaş jazosi berildi

396 марта
Rossiya tarafida janglarda qatnaşgan özbekistonlikka ozodlikni çeklaş jazosi berildi

24 yoşli özbekistonlik Rossiya va Ukraina örtasidagi qurolli töqnaşuvlarda iştirok etgani uçun sudlandi. Sud hukmida u yollanmaçilikda aybdor deb topildi.

Sud materiallariga köra, K.S. 2024 yil oktyabr oyida işlaş maqsadida Rossiyaga ketgan. Uning aytişiça, Telegram orqali örmon kesiş işlari uçun 150 ming rubllik iş taklifi haqida elon körgan. Medosmotrdan ötgaç, u bilan mehnat şartnomasi tuzilgan, biroq keyinçalik malum bölişiça, u aslida Rossiya Qurolli Kuçlari safida xizmat qiliş şartnomasiga imzo çekkan.

2024 yil noyabr oyida K.S. Kursk viloyatining Bolşe Soldatskoye qişloğida front çiziğini qöriqlaş işlarida iştirok etgan. Bu hududda Rossiya va Ukraina örtasida janglar ketgan. Agar u janglarda qatnaşişdan boş tortsa, uni harbiy politsiyaga topşirib, 5 yilga qamab qöyiş bilan qörqitişgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida u Sudja şahri atrofidagi pozitsiyalarga oziq-ovqat yetkazib beriş bilan şuğullangan. Soğliği yomonlaşganidan söng, avval gospitalga, keyin esa davolaniş uçun lagerga yuborilgan.


Keyinroq frontga qayta jönatilişini eşitgaç, K.S. Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasiga murojaat qilgan. Lagerdan yaşirinça çiqib, Moskvaga yetib borgan va elçixonada unga "Qaytiş guvohnomasi" rasmiylaştirilib, Toşkentga qaytib kelgan.

Sud jarayonida u öz qilmişini tan olgan, afsuslanişini bildirgan, qonunbuzarlikka noxos ravişda — turmuş şaroiti va ota-onasining qarzlarini tölaş maqsadida borganini aytgan. Şuningdek, u oilada yagona farzand ekanini va jazoni yengillaştirişni söragan.
Zafarabod tuman sudi uni Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Yollanmaçilik) böyiça aybdor deb topdi va 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: