Prezident Şavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xöjaligi dalasida böldi.
1-05-2025, 17:22
1 477 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xöjaligi dalasida böldi.Uning rahbari Oyimjon Otajanova 73 yoşda. Qöli gul bu ayol köçatçilik bilan şuğullanayotganiga qirq yildan oşgan. Xöjalikning 3 gektar maydonida mevali va manzarali daraxt köçatlari yetiştiriladi. Yana ikki gektarda esa boğdorçilik qilinadi. Bundan taşqari, 12 sotix issiqxonada 40 turdagi gul köçatlari yetiştiriladi. Issiqxona zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar bilan taminlangan bölib, uning har bir bölimida köçatlarning turi va hususiyatidan kelib çiqib zarur mikroiqlim yaratilgan.
Serğayrat onaxon oila azolarini ham şu işga boşlagan. Yiliga 50 ming tupdan ortiq köçatlar östirib, sotiladi. Ularning yillik daromadi bir milliard sömdan ortadi.
Etiborli jihati, bu yerda yetiştirilayotgan köçatlar qöşni hududlar, Qozoğiston va Turkmanistonga ham yetkazib berilmoqda.
Boğ joylaşgan Guliston mahallasida 7 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Yoşlar va xotin-qizlarga ibrat bölib, ularni iş bilan taminlaşda onaxonning xizmatlari katta. U xozirgaça 200 dan ortiq şogird yetiştirgan, 300 nafar işsiz fuqaroni köçatçilikka örgatgan.
Mahalladagi 70 foiz xonadon bilan kasanaçilik yölga qöyilgan.
Fidoyi dehqon bu yil tumandagi barça maktab va boğçalarga 2 ming dona qarağay köçatini beğaraz tarqatib, “Yaşil makon” loyihasiga, yurtimiz obodligiga hissa qöşdi.
Bandlik vazirligi va bank bilan hamkorlikda xöjalikning yondoş hududida öquv markazi oçilgan. Unda xöjalik tajribasi asosida xonadonlardagi samarasiz tomorqadan yil davomida daromad olişga örgatilmoqda. Natijada mahallalarda omilkorlik kengayib, oilalarga qöşimça daromad kirmoqda.
Uşbu xizmatlari, mehnatsevarligi va yoş avlodga namunaligini inobatga olib, Prezidentimiz Oyimjon Otajanovani “Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi” unvoni bilan mukofotlaşga qaror qildi.












