USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tohir Jumaniyozov vafot etdi

1 960 марта

Tohir Jumaniyozov vafot etdi

Bugun, 20 yanvar kuni qişloq xöjaligi sohasida uzoq vaqt xizmat qilgan Tohir Jumaniyozov 86 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Hazorasp tumani hokimligi xabar berdi.

Tohir Jumaniyozov 1939 yil 23 oktyabrda Hazorasp tumani Muxomon mahallasida dunyoga kelgan. 1959 va 1962 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalaş zavodida mexanik bölib faoliyat yuritgan. 1968 yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining muhandis-mexanik fakultetini tamomlagan. 1968-1971 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalaş zavodining tayyorlov punkti mudiri lavozimida işlagan. 
1971-1973 yillarda Boğot tuman paxta tozalaş zavodi direktori va 1973-1981 yillarda Hazorasp tuman paxta tozalaş zavodi direktori vazifalarida faoliyat yuritgan. 1981-1984 yillarda Xorazm viloyat paxta tayyorlaş va işlab çiqariş boşqarmasi boşliği lavozimida, 1994-1997 yillarda Hazorasp tuman “Muxomon” xususiy firmasi direktori, 1997-2006 yillarda Hazorasp tuman “Xorazm” şirkat xöjaligi boşqaruvi raisi hamda 2006-2014 yillarda Hazorasp tumani “Bekyoz-Jumaniyoz” fermer xöjaligi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

“Tohir Jumaniyozov uzoq yillar davomida nafaqat Hazorasp tumanining, balki viloyatning gullab- yaşnaşida, rivojlanişida, amalga oşirilayotgan islohotlarda öz hissasini qöşib kelgan halol va fidoyi inson edi. Uning, ayniqsa, tumanimizda olib borgan işlari alohida tahsinga sazovordir.
Hazorasp tumani hokimligi jamoasi Tohir Jumaniyozovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.  
Qayd etilişiça, janoza namozi bugun, 20 yanvar kuni soat 12:00 marhumning Hazorasp tumani Muxomon mahallasida joylaşgan xonadonida öqilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: