Xorazmlik kasabaqömlar insonparvarlik aktsiyasida qanday iştirok etdi?
13-02-2026, 12:56
185 марта
Xorazmlik kasabaqömlar insonparvarlik aktsiyasida qanday iştirok etdi?Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi taşabbusi bilan 15 fevral — Saraton kasalligiga çalingan bolalar kuni munosabati bilan insonparvarlikka yöğrilgan xayriya aktsiyasi taşkil etildi. Uşbu taşabbus doirasida Federatsiyaning Xorazm viloyati kengaşi hamda soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi viloyat kengaşi vakillari “Men donorman” aktsiyasida faol iştirok etdi.
Viloyat qon quyiş markaziga jamlangan köngillilarni bir maqsad birlaştirdi — oğir xastalik bilan kuraşayotgan bolajonlarga umid va quvvat bağişlaş. Zero, har bir topşirilgan qon tomçisi kimningdir hayotini saqlab qolişi mumkin.
Tadbir davomida 50 nafardan ortiq kasaba uyuşmasi xodimi tibbiy körikdan ötdi. Şifokorlar xulosasiga köra, ularning 20 nafardan ziyodi donorlikka yaroqli deb topilib, belgilangan tartibda qon topşirdi.Mutaxassislar takidlaşiça, kasaba uyuşmalari tizimida muntazam ravişda donorlik qilib kelayotgan fidoyi insonlar safining kengayib borayotgani quvonarli holdir. Bu esa jamiyatda özaro hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillari mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Yiğilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya yönalişida davolanayotgan bolalar ehtiyoji uçun yönaltirilişi belgilangan. Bu esa aktsiyaning amaliy ahamiyati va hayotbaxş qiymatini yanada oşiradi.