“Şovot–Toşhovuz” qöşma çegaraoldi savdo zonasida texnik nosozlik: fuqarolar 4 soatdan beri öta olmayapti
13-02-2026, 17:56
566 марта

“Şovot–Toşhovuz” qöşma çegaraoldi savdo zonasida texnik nosozlik: fuqarolar 4 soatdan beri öta olmayapti
Şovot–Toşhovuz qöşma çegaraoldi savdo zonasi hududida bugun fuqarolar harakatida vaqtinçalik uziliş kuzatilmoqda. Ayrim manbalarga köra, bir neçta xorazmliklar Xorazm viloyati hududiga öta olmayapti.
Guvohlarning aytişiça, çegaraoldi savdo zonasidagi elektron baza tizimi işlamay qolgan. Şu sababli nazorat-ötkaziş jarayonlari töxtab qolgan va fuqarolar 4 soatdan beri kutişga majbur bölmoqda.
Ayni paytda rasmiy idoralar tomonidan holat yuzasidan izoh berilmagan. Muammo texnik nosozlik bilan boğliq ekani taxmin qilinmoqda.
Mahalliy aholi va tadbirkorlar mazkur holat tez orada bartaraf etilişiga umid bildirmoqda. Çegaraoldi savdo zonasi orqali har kuni yuzlab fuqarolar va tadbirkorlar harakatlanişini inobatga olsak, tizimdagi uzilişlar iqtisodiy faollikka ham tasir körsatişi mumkin.
Vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat va qöşimça malumotlar elon qilinişi kutilmoqda.
Tafsilotlar bilan yaqinda taniştirib boramiz.
