Piyodalar xavfsizligi: Urgançda yöl çiziqlarini yangilaş vaqti kelmadimi?
8-03-2026, 12:45
118 марта
Piyodalar xavfsizligi: Urgançda yöl çiziqlarini yangilaş vaqti kelmadimi?Urganç şahri va Urganç tumanining ayrim hududlarida piyodalar ötiş joylaridagi yöl çiziqlari deyarli körinmay qolgani aholi örtasida jiddiy savollarni tuğdirmoqda. Yöl harakati xavfsizligini taminlaşda muhim ahamiyatga ega bölgan bunday belgilarning yöqolib ketişi yoki xiralaşib qolişi piyodalar uçun ham, haydovçilar uçun ham xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
Ayniqsa, Urganç tumanidagi Jayhun köçasidagi piyodalar ötiş yölagini misol sifatida keltiriş mumkin. Bu yerdagi yöl çiziqlari şunçalik xiralaşganki, deyarli körinmaydi. Natijada köplab haydovçilar uşbu joyda piyodalar ötiş yölagi borligini sezmaydi yoki etibor bermaydi. Piyodalar esa yöldan ötiş uçun bir neça daqiqa kutib turişga, bazan esa xavotir va qörquv bilan harakatlanişga majbur bölmoqda.
Aslida piyodalar ötiş joylari — yöl harakati xavfsizligining eng asosiy elementlaridan biri. Yöl çiziqlarining aniq va ravşan çizilişi nafaqat tartibni taminlaydi, balki ehtimoliy yöl-transport hodisalarining oldini olişga ham xizmat qiladi. Şu bois, bunday belgilarning muntazam ravişda yangilanib turişi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Şu örinda savol tuğiladi: nima uçun yöl çiziqlari asosan markaziy köçalardagina yangilanadi? Qolgan köçalardagi piyodalar xavfsizligi kamroq ahamiyatga egami? Axir inson hayoti va xavfsizligi şahar markazi yoki çekka hududga qarab farq qilmasligi kerak.
Mutaxassislar takidlaşiça, bahor mavsumi yöl infratuzilmasini tartibga keltiriş, jumladan yöl çiziqlarini qayta çiziş uçun eng qulay davr hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan qaraganda, mutasaddi taşkilotlar barça hududlardagi piyodalar ötiş joylarini közdan keçirib, zarur joylarda çiziqlarni yangilaşi maqsadga muvofiq bölar edi.
Jamoatçilik esa oddiy bir haqiqatni eslatmoqda: piyodalar xavfsizligi — har qanday infratuzilmaning eng muhim qismi. Çunki har bir piyoda — bu avvalo inson. Inson manfaati esa har qanday qaror va taşabbusning birinçi örnida turişi kerak.