USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Xorazm» boş murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliga 9-turidan örin olgan «Navbahor»ga (0:1) qarşi öyindan keyin öz fikrlarini aytdi

420 марта
▪️Juda qiyin öyin bölişini bilgandik. «Navbahor» bungaça mehmonda mağlubiyatga uçragandi va öz muxlislari qarşisida hujumkor öynab, ijobiy natijaga harakat qilişini bilardik. Öyin starti yaxşi boşlangandek edi, ammo xatolarimiz böldi. Çarçoq yiğilib qolganga öxşadi. Afsuski, bugungi kunda tarkib bilan boğliq qiyinçiliklar bor, ammo biz bu holatda çiqib ketamiz. Jamoa yaxşi öynamoqda, ammo xatolar ham yöq emas.

▪️Ha, bizda vaziyatlar ham böldi, u har doim bölgan. Biz töpni nazorat qiladigan futbol öynaşga urinyapmiz. Afsuski, bugungi öyinda «Navbahor» köproq töpga egalik qildi. Uşbu natija ham şu sababdan böldi. Zaxiradan tuşgan heç bir öyinçi bahsga kirişib ketolmadi. Şunaqasi ham bölib turadi. Menimça, bugun mavsumdagi eng yomon öyinimizni ötkazdik. Tahlil qilib çiqamiz.

▪️Biz «Nasaf» bilan öyinda köp kuç yöqotdik. Ehtimol töliq tiklanişga ulgurmagandirmiz. Nima bölganda ham, raqibning hujumlariga hujum bilan javob berişga harakat qildik. Ammo, yigitlar bugun sustroq körinişdi. Bu örta çiziq va hujum guruhida sezildi. Şu sabab yakunda mağlubiyatga uçradik.

▪️Qöşişimiz mumkin bölgan yoş yigitlar bor. Ular futbolni soğinib qolişgan deb öylayman. Rotatsiyalar qilamiz. Vazifa hali ham bitta. «Xorazm» 15 yil Özbekiston Oliy ligasida öynamadi. Vazifa jamoani Superligada saqlab qoliş. Albatta, tarkibimizni kuçaytiramiz. Agar çempionat va Kubok doirasida şunday öyinlar bölib tursa, öyindan öyinga yaxşi ötiş uçun teng zaxira kerak.

▪️Örinbosarlar tarkibimiz butun Xorazm viloyatidan yiğilgan yigitlardan taşkil topgan. Ular juda ham yoş. Ammo, ularga Superligada öynaş uçun vaqt kerak. Hatto ularning köpi hali Pro-Liga darajasiga ham ötişmadi. Kimdir Birinçi ligada öynagan.

▪️Umuman olganda, 8 ta tur ötkazdik. Bugun «Navbahor»ga yutqazdik. Avvalgi 7 ta turda esa heç kimga öyin borasida yutqazmadik. Hatto ayrim öyinlarda çempionat favoritlari bilan bir xil öynadik va hatto öz vaqti bilan köproq xavfli vaziyatlar yaratdik. Şu sabab qaysi örinni egallaşimizni aytiş qiyin. Hozirça jamoani Superligada saqlab qolmoqçimiz.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: