Angliya terma jamoasining buyumlarini öğirlagan şaxslar uşlandi
AQŞ politsiyasi Angliya terma jamoasining maşğulot bazasidan butsa va töplarni öğirlaşda gumon qilinayotgan ikki kişini hibsga oldi. Bu haqda “Goal” naşri xabar berdi.
Avvalroq, Angliya terma jamoasining Missuri ştati Kansas-Siti şahrida bölib ötadigan birinçi maşğulotidan oldin futbolçilarning butsalari, rasmiy turnir töplari va asosiy maşğulot jihozlari öğirlangani haqida malum qilingan edi.
Manbalarga köra, yuklar orasida faqat bitta futbol töpi qolgan, şuningdek, terma jamoaning yetakçi futbolçilari Harri Keyn va Jud Bellingemning butsalari ham yöqolgan.
Naşrning yozişiça, politsiya vakillari voqea yuzasidan tergov işlari davom etayotganini bildirgan.
Malumot uçun, Angliya terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk öyini joriy yilning 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarşi ötkaziladi. Tomas Tuxel boşçiligidagi jamoa keyinçalik Gana (23 iyun) va Panama (28 iyun) terma jamoalariga qarşi maydonga tuşadi.