USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Siyosiy keskinliklar FIFA tarğibotiga zid – Taremi

73 марта
Сиёсий кескинликлар FIFA тарғиботига зид – Тареми

Eron milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionati oldidan ötkazilgan ilk matbuot anjumani deyarli töliq siyosiy mavzularga bağişlandi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi. 

Eron terma jamoasi yetakçisi va Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi hujumçisi Mehdi Taremining aytişiça, jamoaning Yangi Zelandiyaga qarşi oçiliş öyini haqida deyarli savol berilmagan. Şunga qaramay, futbolçilar mazkur bahsni intiqlik bilan kutayotganini bildirgan.

Xabarlarga köra, matbuot anjumani boşlanişidan oldin FIFA vakili jurnalistlarga asosan sport mavzularida savol berişni tavsiya qilgan. Biroq siyosiy mavzulardan qoçib bölmasligi ham qayd etilgan.

Eron terma jamoasi boş murabbiyi Amir Ğalenoyi AQŞ tomonidan jamoaga öquv-maşğulot yiğini ötkaziş uçun şaroit yaratilmagani muayyan qiyinçiliklar tuğdirganini aytgan. Uning fikriça, bunday holatlar futbol ruhiga salbiy tasir körsatadi.

“Natijalar qanday bölişidan qati nazar bu vaziyat özimizni noqulay his qilişimizga sabab bölmoqda”, deydi murabbiy.

Mehdi Taremi ham boş murabbiyning fikrlarini qöllab-quvvatlagan.

“Biz doim futbol tinçlik va quvonç elçisi ekanini aytamiz. Ammo hozir bu hissiyot yöqolib borayotgandek. Menimça, odamlarning Jahon çempionatini kutişdagi hissi bu safar avvalgidek emas. Mavjud keskinlik quvonçni soya ostida qoldirmoqda. Bu esa FIFA tarğib qilayotgan ğoyalarga zid”, deydi Taremi.

Ğalenoyi esa futbol xalqlar va madaniyatlarni birlaştirişi kerakligini takidlagan.

“Safar bilan boğliq muammolarga qaramay, Jahon çempionati muvaffaqiyatli ötişiga umid qilaman”, deydi u.

Matbuot anjumani yakunida Taremi hazil aralaş jurnalistlarga heç kim futbol haqida savol bermaganini eslatgan.

“Biz Yangi Zelandiyani hurmat qilamiz va yaxşi öyin böladi degan umiddamiz”, deydi hujumçi.

Malumot uçun, joriy yilning fevral oyi oxirida AQŞ va Isroil Eronga qarşi harbiy operatsiya boşlagan edi. Mart oyida esa Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy jamoa Jahon çempionatida iştirok etmasligini malum qilgan. Biroq FIFA va Eron futbol federatsiyasi örtasidagi muzokaralardan söng, 30 aprel kuni FIFA prezidenti Janni Infantino Eron mundialda iştirok etişini tasdiqladi.

Şuningdek, Eronning Turkiyadagi elçixonasi terma jamoa delegatsiyasining ayrim azolari, jumladan, murabbiylar ştabi vakillariga AQŞ vizasi berilmagani haqida xabar qilgan.

Eron terma jamoasi Jahon çempionatida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga “G” guruhidan örin olgan. Eronliklar turnirdagi birinçi uçraşuvini Yangi Zelandiyaga qarşi ötkazadi.

Qiziği şundaki, jamoa guruh bosqiçidagi barça uçraşuvlarni AQŞda ötkazsa-da, uning maşğulotlar bazasi Meksikada joylaşgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: