Frantsiyaning JÇdagi öyini xavf ostida qolmoqda
2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçidan örin olgan Frantsiya va Iroq terma jamoalari örtasidagi uçraşuv noqulay ob-havo şaroiti tufayli keçikişi yoki vaqtinça töxtatilişi mumkin. Bu haqda “Yahoo Sports” naşri xabar berdi.
Öyin joriy yilning 23 iyun kuni AQŞning Filadelfiya şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan. Sinoptiklar öşa kuni şaharda havo harorati 33 darajagaça kötarilişi, şuningdek, kuçli yomğir va momaqaldiroq kuzatilişi mumkinligini bildirmoqda.
Musobaqa reglamentiga köra, agar stadiondan 13 kilometr radiusda çaqmoq qayd etilsa, uçraşuv kamida 30 daqiqaga töxtatiladi. Har bir yangi çaqmoq holati esa öyinning yana 30 daqiqaga keçikişiga sabab böladi.
Malumot uçun, Frantsiya terma jamoasi mundialdagi iştirokini Senegal ustidan 3:1 hisobidagi ğalaba bilan boşladi. Iroq esa birinçi turda Norvegiyaga 1:4 hisobida mağlub bölgan. Hozirda uşbu guruhda Norvegiya va Frantsiya terma jamoasi yetakçilik qilmoqda.