Fabio Kannavaro: "Ronaldu tarixdagi eng yaxşi hujumçi, ammo faqat Ronalduga qarşi öynaymaymiz. Jismoniy körsatkiçlarga qaraşni yoqtirmayman"
23-06-2026, 07:56
58 марта

Fabio Kannavaro: "Ronaldu tarixdagi eng yaxşi hujumçi, ammo faqat Ronalduga qarşi öynaymaymiz. Jismoniy körsatkiçlarga qaraşni yoqtirmayman"
Özbekiston MTJ boş murabbiyi Fabio Kannavaro JÇ-2026 2-turidan örin olgan Portugaliyaga qarşi uçraşuvdan oldingi matbuot anjumanida iştirok etdi.
“Raqibimiz Jahon çempionatidagi eng kuçli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib körsangiz, ularning qanotlarda juda kuçli futbolçilari bor, dunyoning eng yaxşi yarim himoya çiziqlaridan biriga ega, şuningdek futbol tarixidagi eng yaxşi hujumçi ham şu jamoada öynaydi.
Biz Jahon çempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilişimiz zarur. Çunki ijobiy natija bilan maydonni tark etişning yagona yöli şu.
Biz Portugaliyaning futbol falsafasini örganişga harakat qildik. Ular doimo töp nazorati orqali öyinni boşqarişni yoqtiradi. Şuningdek, uçraşuvni juda faol boşlaşga intilişlarini ham bilamiz. Çunki imkon qadar tezroq öyinni öz foydasiga burişni, himoyani yorib ötişni istaşadi.
Şundan kelib çiqib biz ham bunga tayyorgarlik kördik, deb öylayman. Öz rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan öz öyinimizni namoyiş etişga harakat qilamiz. Futbol şunday öyin. Biz juda kuçli jamoaga qarşi maydonga tuşayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qörqmaymiz. Qölimizdan kelgan eng yaxşi öyinni körsatişga va uçraşuv oxirigaça kuraşişga harakat qilamiz.
Avval ham aytganimdek, biz faqat Kriştianuga qarşi öynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolçilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda köp yuqori saviyali futbolçilar bor. Şunga qaramay, jarima maydonida Ronalduni bir lahzaga ham etiborsiz qoldirib bölmaydi. U standart vaziyatlarda ham, öyin davomida ham istalgan payt gol urişga qodir. Şu bois butun öyin davomida maksimal darajada diqqatli bölişimiz kerak.
Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy etibor futbolçilarning jismoniy holatini yaxşilaşga qaratildi. Ayrim futbolçilar turli çempionatlarda öynagan, bazilarida esa malum muammolar mavjud edi. Şunga qaramay, sönggi öyin davomida futbolçilarning holati yaxşi ekanini kördim. Jamoa uçraşuvni yuqori tempda yakunladi va barça özini yaxşi his qildi.
Albatta, statistikalarni tahlil qiliş oson emas. Masalan, töpning harakat tezligiga qarasangiz, futbolçilarning texnik mahorati qançalik yuqori ekanini tuşunişingiz mumkin. Men faqat jismoniy körsatkiçlarga qaraşni yoqtirmayman. Çunki yakunda eng muhimi — töpni qanday nazorat qilişingiz, qanday uzatişingiz va uni qançalik kam yöqotişingizdir.
Menimça, agar siz öyin davomida töpni 20 marta yöqotsangiz, uni qaytarib oliş uçun 20 marta yugurişingizga töğri keladi. Bu esa juda muhim omil. Portugaliyaning statistikasi esa, albatta, köp jihatlar böyiça yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib çiqdik. Şu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravişda har tomonga yugurib yurişimiz kerak emas. Masala köp yugurişda emas, töğri yugurişda. Töpni yöqotmaslik va uni qayerda qaytarib olişni biliş muhim”, - dedi Fabio Kannavaro matbuot anjumani davomida.