Bugun Özbekiston Portugaliyaga qarşi töp suradi
Bugun, 23 iyun kuni Amerika Qöşma Ştatlarida Portugaliya va Özbekiston iştirokidagi "K" guruhi saralaş bosqiç bellaşuvlarining 2-tur uçraşuvi bölib ötadi.
Bu öyin ikki guruh vakili uçun ham juda muhim öyin. Guruh favoriti sifatida körilgan Portugaliya birinçi tur uçraşuvida Kongo bilan durang öynagan. Bu yilgi jahon çempionatining debyutanti bölgan Özbekiston esa ilk öyinda Kolumbiyaga yutqazgan.
2-tur uçraşuvlari arafasida guruhdagi har tört jamoa ham keyingi bosqiçga çiqiş imkonini saqlab turibdi.
Yangi tartib-qoidalarga muvofiq, bundan taşqari, bu yilgi jahon çempionatida öz guruhida eng yaxşi natija bilan uçinçi örinni egallagan 8 milliy terma jamoa ham jahon çempionligi uçun kuraşini davom ettira oladi.
Özbekiston tuşgan guruh köpçilik futbol mutaxassislari tomonidan "Ölim", yani eng oğir guruhlardan biriga ham qiyos berilgan.
Özbekiston Kolumbiyaga qarşi birinçi uçraşuvida matonatli öyin körsatgan va ilk öyinidayoq jahon çempionatidagi dastlabki töpini kiritişga muvaffaq bölgan. Bu golga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qilgan.
Malumot uçun, Portugaliya va Özbekiston uçraşuvi bugun, 23 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanadi. Bahsni marokaşlik hakam Jalol Jayed boşqarib boradi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov Portugaliyaga qarşi bölib ötadigan Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-tur uçraşuvi oldidan jamoa bosimni his qilmayotganini va maydonga yaxşi natija uçun çiqişini aytgandi.