JÇning asosiy favoriti özgardi – “Opta”
Britaniyaning “Opta” tahlil kompaniyasi superkompyuteri Argentina terma jamoasini guruh bosqiçining ikkinçi turidan söng Jahon çempionatining asosiy favoriti deb baholadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.
Argentinaning turnirda ğolib çiqiş ehtimoli 15,46 foizni taşkil etmoqda. Keyingi örinlardan Frantsiya (15,06 foiz) va Ispaniya (12,48 foiz) joy olgan.
Kuçli önlikdan Angliya (9,48 foiz), Portugaliya (6,71 foiz), Germaniya (6,60 foiz), Norvegiya (5,42 foiz), Braziliya (4,56 foiz), Niderlandiya (4,26 foiz) hamda AQŞ (4,07 foiz) terma jamoalari örin olgan.
Turnir boşlanişidan avval “Opta” superkompyuteri Ispaniyani asosiy favorit sifatida körsatgan edi. Guruh bosqiçining birinçi turidan söng esa Frantsiya reytingda yetakçilikni qölga kiritgan.
Endi esa 2-tur uçraşuvlari yakunlangaç superkompyuter amaldagi çempionlarni yana bir bor turnirda ğolib çiqadi, degan prognozlarni bermoqda.
Eslatib ötamiz, Argentina terma jamoasi 1-turda Jazoirni yirik – 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratgan bölsa, 2-turda Avstriya ustidan 2:0 hisobida zafar quçdi va muddatidan avval pley-off yöllanmasini qölga kiritdi.