Kongo DR murabbiyi Özbekistonga qarşi öyin haqida gapirdi
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi boş murabbiyi Sebastyan Desabr Özbekistonga qarşi bölajak uçraşuvda tavakkal qilişini va faqat ğalaba uçun öynaşini aytdi. Bu haqda u Kolumbiyaga qarşi öyindan söng matbuot anjumanida söz oçdi.
“Özbekistonga qarşi öyin oson bölmaydi, çunki ular yaxşi himoyalanadi. Ammo biz bor kuçimizni sarflaymiz. Hozir dam olişimiz va kuç töplaşimiz kerak. Bu uçraşuvda tavakkal qilişimizga töğri keladi, çunki durang bizni qanoatlantirmaydi. 3-tur mutlaqo boşqaça yondaşuvni talab qiladigan öyin böladi, dastlabki ikkita öyinga qaraganda köproq tavakkal qilişimizga töğri keladi”, deydi u.
Şuningdek, murabbiy Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdagi mağlubiyat haqida ham öz fikrlarini bildirib ötgan.
“Biz bu mağlubiyatni qabul qilişimiz, boşimizni baland tutişimiz va imkon qadar tezroq kuraşga qaytişimiz kerak. Albatta, durang qayd etiş yaxşi bölardi, ammo Kolumbiya kuçliroq jamoa bölganini tan oliş lozim. Ular töpni juda yaxşi nazorat qildi, biz esa öyinga keçroq qöşildik. Ikkinçi bölimda yaxşiroq harakat qildik, ammo bu – futbol. Nima bölganini tahlil qilib, oldinga qaraşimiz kerak”, deydi Desabr.
Malumot uçun, Kongo Demokratik Respublikasi va Özbekiston terma jamoalari örtasidagi uçraşuv joriy yil 28 iyun kuni tongda AQŞning Atlanta şahrida Toşkent vaqti bilan soat 4:30 da boşlanadi. Uşbu bahsda ğalaba qozongan jamoa guruhda 3-örinni egallab, eng yaxşilar qatorida pley-offga çiqişi mumkin böladi.