Frantsiyaning JÇdagi öyini bekor qilinişi mumkin
Frantsiya va Norvegiya terma jamoalari örtasidagi Jahon çempionati guruh bosqiçining sönggi tur uçraşuvi ob-havo şaroiti sabab töxtatilişi yoki keyingi muddatga qoldirilişi mumkin. Bu haqda “Le Parisien” naşri xabar berdi.
Naşrning meteorologiya xizmati malumotlariga tayanib xabar berişiça, bugun, 26 iyun kuni Massaçusets ştatidagi Foksboro şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan bahs vaqtida momaqaldiroq kuzatilişi kutilmoqda. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:55 da boşlanişi belgilangan. Şuningdek, öyin davomida kuçli yomğir yoğişi ehtimoli ham bor.
Avvalroq, Frantsiya va Iroq örtasidagi guruh bosqiçining ikkinçi tur bahsi ob-havo tufayli birinçi bölimdan keyin töxtatilgan edi. Filadelfiya şahrida ötgan uçraşuv ikki soatlik tanaffusdan söng davom ettirilgan va Frantsiya 3:0 hisobida ğalaba qozongan.
AQŞda ötkazilayotgan turnir bahslarida qatiy xavfsizlik qoidalari amal qiladi. Agar stadiondan 13 kilometr radiusda çaqmoq aniqlansa, uçraşuv darhol töxtatiladi va futbolçilar kiyiniş xonalariga yönaltiriladi.
Şundan söng, 30 daqiqalik kutiş vaqti boşlanadi. Agar şu vaqt içida yana çaqmoq kuzatilsa, hisoblaş yangidan boşlanadi.
Frantsiya va Norvegiya terma jamoalari ikki turdan söng 6 tadan oçko jamğargan va pley-off yöllanmasini muddatidan oldin naqd qilgan. Ular “I” guruhida birinçi örin uçun özaro bahs olib boradi. Frantsiya guruh peşqadamligini saqlab qolişi uçun heç bölmasa mağlub bölmasligi kerak.