USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

ÖFA Jahon çempionati-2026 çiptalarining sotuvi böyiça bayonot berdi

167 марта

ÖFA Jahon çempionati-2026 çiptalarining sotuvi böyiça bayonot berdi

FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati uçraşuvlari uçun çiptalar savdosini bir neça bosqiçda rasmiy onlayn platformalar orqali şaffof tarzda amalga oşirdi.

Qura taşlaş marosimidan keyingi dastlabki savdo bosqiçi 2025 yil 12 dekabrdan 2026 yil 13 yanvarga qadar davom etdi. Uşbu bosqiçda futbol ixlosmandlari çipta xarid qiliş uçun ariza topşirişdi. Ariza bergan talabgorlar orasida çipta egalari 2026 yil fevral oyida Tasodifiy tanlov (Random Selection Draw) orqali aniqlandi hamda ğoliblarning bank kartalaridan tölovlar avtomatik ravişda yeçildi.

Şuningdek, 2026 yil mart–iyun oylarida FIFAning rasmiy çipta platformasi hamda VIP mijozlar uçun "On Location" Hospitality platformasi orqali qöşimça çiptalarni töğridan-töğri xarid qiliş imkoniyati ham yaratildi.

Savdoning barça bosqiçlarida istalgan davlat fuqarolari rasmiy platformalar orqali istalgan terma jamoalar iştirokidagi uçraşuvlar uçun ariza topşiriş yoki mavjud bölgan çiptalarni töğridan-töğri xarid qiliş imkoniyatiga ega böldi.
FIFA reglamentiga muvofiq, iştirokçi terma jamoani uyuşgan holda qöllab-quvvatlovçi muxlislar uçun, ularning qaysi davlat fuqarosi bölişidan qatiy nazar, stadiondagi umumiy sotuvga çiqariladigan örinlarning kamida 8 foizini xarid qiliş huquqi taqdim etiladi. Şunga köra, stadion siğimining 16 foizi özaro bahs olib borayotgan jamoalar muxlislari uçun, qolgan 84 foizi esa boşqa sektorlarda futbol tomoşa qilişni xohlagan istalgan futbol muxlisi uçun umumiy savdoga çiqarildi.

Mazkur bosqiçda Özbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqiçi uçraşuvlari uçun çipta narxlari FIFA tomonidan 140 AQŞ dollaridan 700 AQŞ dollarigaça, şuningdek, çeklangan miqdordagi joylar uçun 60 AQŞ dollari etib belgilandi.

Özbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqiçi uçraşuvlarida uyuşgan holda muxlislik qiliş uçun, asosan, darvoza ortidagi sektorlardan jami 14 073 dona çipta ajratildi.

Mazkur kvotadan 8064 dona çipta özbekistonlik işqibozlar tomonidan FIFAdan töğridan-töğri xarid qilingan. 6 009 dona çipta esa Özbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qömitasi, Özbekiston futzal assotsiatsiyasi, Özbekiston professional futbol ligasi, Özbekiston futbolçilar uyuşmasi, hududiy futbol assotsiatsiyalari, professional futbol klublari, futbolçilar va ularning oila azolari, markazlaşgan muxlislar jamoasi, sport taşkilotlari, davlat idoralari, homiylar hamda AQŞdagi vatandoşlar nomidan "Mahalla USA" taşkiloti uçun oldindan buyurtma beriş maqsadida ajratildi.

Mazkur buyurtmalar böyiça çiptalar yuqorida qayd etilgan taşkilotlarga FIFA tomonidan belgilangan narxda va heç qanday qöşimça xizmat haqi undirilmagan holda taqdim etildi.

FIFA reglamentiga muvofiq, çipta egalari xarid qilingan çiptalarni FIFA rasmiy çipta ilovasi orqali boşqa şaxslarga elektron tarzda yuboriş yoki qayta sotiş huquqiga ega. Buning uçun FIFAning rasmiy çiptalarni qayta sotiş platformasi (Resale Platform) faoliyat yuritadi.

Şu sababli Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xarid qilingan çiptalarning qayta sotilişiga taqiq örnatişi yoki uşbu jarayonni çeklaş vakolatiga ega emas.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: