Portugaliya terma jamoasi murabbiyi işdan ketdi
Roberto Martines Portugaliya milliy terma jamoasi boş murabbiyligi lavozimidan istefoga çiqqanini malum qildi. Bu haqda u Ispaniyaga qarşi Jahon çempionati 1/8 final bahsidan keyingi matbuot anjumanida elon qildi.
Portugaliya uşbu uçraşuvda Ispaniyaga 0:1 hisobida mağlub böldi. Yagona gol qöşimça vaqtning birinçi daqiqasida ötkazib yuborildi va şu tariqa, Portugaliya terma jamoasi musobaqa bilan xayrlaşdi.
“Bu tsiklning oxiri. Endi oldinga harakat qiliş muhim. Federatsiya prezidentining milliy terma jamoa boş murabbiyini tanlaş huquqiga ega bölişi tabiiy. Menga bildirilgan barça qöllab-quvvatlaş uçun minnatdorman”, dedi Roberto Martines.
52 yoşli mutaxassis Portugaliya terma jamoasiga 2023 yil yanvar oyida boş murabbiy etib tayinlangan edi. Uning qöl ostida jamoa 2024-2025 yilgi UEFA Millatlar ligasi ğolibiga aylangan. Bundan avval Martines Belgiya milliy terma jamoasi, şuningdek, Angliyaning “Everton”, “Uigan Atletik” va “Suonsi Siti” klublarida ham faoliyat yuritgan.
Ispaniya terma jamoasi esa Jahon çempionati çorak finalida Belgiya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.