JÇda iştirok etgan futbolçi vafot etdi
Bugun, 11 iyul kuni Janubiy Afrikaning “Mamelodi Sandauns” klubi va milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Jeyden Adams 25 yoşida vafot etdi. Bu haqda “Soccer Laduma” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, hozirça futbolçining ölimi sababi rasman oçiqlanmagan.
Adams 2025 yilda “Mamelodi Sandauns” safiga qöşilgan edi. U jamoa libosida 27 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 4 ta gol muallifi bölgan. Unga qadar esa beş yil davomida Janubiy Afrikaning “Stellenboş” klubida töp surgan.
Yarim himoyaçi 2025-2026 yilgi mavsumda “Mamelodi Sandauns” bilan Afrika Çempionlar ligasi ğolibligini qölga kiritgan.
Jeyden Adams Janubiy Afrika milliy terma jamoasi safida 9 ta uçraşuvda iştirok etib, 1 ta gol urgan.
U 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçida jamoasining uçala uçraşuvida ham maydonga tuşgan, ammo gol ura olmagan. Kanada terma jamoasiga qarşi 1/16 final bahsida (0:1) esa iştirok etmagan.