“Al-Nasr” futbolçilari oylik ololmayapti – OAV
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgani sababli jamoaning ayrim futbolçilari iyun oyi uçun belgilangan maoşlarining bir qismini haligaça ololmagan. Bu haqda “Arriyadiyah” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, klub rahbariyati qolgan qarzdorlikni keyinroq qoplaşni rejalaştirmoqda. Mablağ yetişmasligi tufayli “Al-Nasr” şartnomasi yakunlanganidan söng jamoani tark etgan xorvatiyalik yarim himoyaçi Marselo Brozoviçning örnini bosadigan xorijlik futbolçini izlaş jarayonini ham vaqtinça töxtatgan.
Qayd etilişiça, klub moliyaviy vaziyatdagi noaniqlik sabab hozirça biror nomzod bilan rasmiy muzokaralarni boşlamagan.
Şunga qaramay, “Al-Nasr” 2025-2026 yilgi mavsum yakunlariga köra, 2019 yildan beri ilk bor Saudiya Arabistoni çempionligini qölga kiritdi.
Eslatib ötamiz, beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon “Al-Nasr” safida töp surib kelmoqda.