Tuxel Angliyaning mağlubiyatining sabablarini aytdi
Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Tomas Tuxel Jahon çempionati yarim finalida Argentinaga 2:1 hisobida mağlub bölganiga qaramay, öyindan keyin öz qarorlaridan afsuslanmasligini aytdi. Bu haqda Tuxel öyindan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.
Argentina yarim finalda Angliyani mağlub etib, ketma-ket ikkinçi marta Jahon çempionati finaliga yöl oldi.
Tuxelning takidlaşiça, uning şogirdlari turnirdagi eng yaxşi öyinlaridan birini namoyiş etgan.
“Öyin davomida heç narsadan afsuslanmadim. Jamoa bor kuçini berdi va biz ğalabaga juda yaqin keldik. Menimça, 1:0 hisobida ğalaba qozonişga loyiq edik. Bu bizning eng yaxşi öyinlarimizdan biri, ehtimol vaziyatni hisobga olganda eng yaxşisi böldi. Jamoa yuqori darajada harakat qildi. Afsuski, uçraşuvni yakuniga yetkaza olmadik. Gol urganimizdan keyin juda passiv öynay boşladik va raqibga köplab imkoniyatlar yaratib berdik”, deydi Tuxel.
Germaniyalik mutaxassis taktik özgarişlariga ham izoh berdi.
“Argentinaliklar deyarli har bir yuqori töp uçun kuraşda ustun kelişdi va doimiy ravişda uzatmalarni yetkazib berişdi. Şuning uçun himoyadagi böşliqlarni yopiş va havodagi kuraşlarda yaxşiroq harakat qiliş maqsadida beş nafar himoyaçiga ötdik. Albatta, masuliyat murabbiy zimmasida. Agar nimadir notöğri ketsa, aybni birinçi navbatda murabbiydan izlaşadi”, deydi u.
Endi Angliya terma jamoasi joriy yilning 18 iyul kuni Mayami şahrida uçinçi örin uçun bahsda Frantsiyaga qarşi maydonga tuşadi. 2026 yilgi Jahon çempionati finalida esa Ispaniya va Argentina terma jamoalari özaro töqnaş keladi.