Infantino 2026 yilgi JÇni tarixdagi eng yaxşi turnir deb aytdi
FIFA prezidenti Janni Infantino AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon çempionatini tarixdagi eng yaxşi turnir deb atadi. Bu haqda u AQŞ Prezidenti Donld Tramp bilan Oq uyda bölib ötgan uçraşuv çoğida söz oçdi.
“Men sizlarga ajoyib Jahon çempionatini vada qilgan edim. Bu turnir, şubhasiz, barça kutilmalardan ham oşiqroq natija körsatdi. AQŞ, Kanada va Meksikadagi stadionlar muxlislar bilan töla, barça öyinlardan xursand va xotirjam bahramand bölmoqda. Amerika orzusi röyobga çiqdi, biz Amerikada butun dunyoni birlaştirdik”, deydi Infantino.
Infantino 2016 yilda FIFA prezidenti etib saylanganidan buyon ötkazilgan har bir Jahon çempionatini “eng yaxşisi” deb baholab keladi. U 2018 yilda Rossiyada, 2022 yilda esa Qatarda bölib ötgan mundiallarni ham eng yaxşi turnir sifatida etirof etgan edi.
Şuningdek, Infantino uşbu turnirda AQŞ Prezidenti Donald Trampning iştirokini ham yuqori baholagan.
“Sizsiz bu Jahon çempionati bunçalik muvaffaqiyatli bölmas edi. Bu nafaqat tarixdagi eng buyuk Jahon çempionati, balki insoniyat tarixidagi eng yirik ijtimoiy-madaniy voqeadir. Biz barçamiz uşbu tadbirning bir qismiga aylandik va buning uçun sizga minnatdorlik bildirmoqçiman. Yana ikkita öyin qolgan bölsa-da, allaqaçon butun dunyo, Amerika va FIFA uşbu turnirdan katta foyda körganini aytişimiz mumkin”, deya qöşimça qilgan FIFA prezidenti.
Tarixda ilk bor FIFA Jahon çempionati bir vaqtning özida uçta davlat – AQŞ, Kanada va Meksikada ötkazilmoqda. Şuningdek, musobaqada birinçi marta 48 ta milliy terma jamoa iştirok etmoqda.
Turnir joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Yorkda Ispaniya va Argentina örtasidagi final uçraşuvi bilan yakunlanadi.