USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oq uy Argentina futbolçilarini qöllab-quvvatladi

71 марта
Оқ уй Аргентина футболчиларини қўллаб-қувватлади

Oq uy Argentina terma jamoasi futbolçilarining Angliya ustidan qozonilgan Jahon çempionati yarim finali ğalabasidan keyin mamlakatining Folklend (Malvin) orollariga bölgan davosini qöllab-quvvatlovçi bannerni kötarganini himoya qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Avvalroq Argentina Angliyani 2:1 hisobida mağlub etgan öyindan keyin ayrim futbolçilar “Las Malvinas son Argentinas” (“Malvin orollari Argentinaga tegişli”) degan yozuvli bannerni kötargani haqida xabar berilgan edi. Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer keça, 17 iyul kuni FIFA’ni mazkur holatni tekşirişga çaqiriqlarni qöllab-quvvatlagan va 19 iyul kuni bölib ötadigan finalda Ispaniyaga omad tilaşini bildirgandi.

Biroq Oq uyning FIFA böyiça işçi guruhi rahbari Endryu Juliani Argentina futbolçilarini himoya qilib, AQŞda söz erkinligi kafolatlanganini takidlagan. Uning aytişiça, Argentina futbolçilari AQŞda öz fikrini bildiriş imkoniyatiga ega.

“Biz Amerika Qöşma Ştatlarida Konstitutsiyaning Birinçi tuzatişi bilan kafolatlangan söz erkinligi huquqini qöllab-quvvatlaymiz”, degan Juliani. 

Naşrga köra, bu bayonot 20 iyul kuni Britaniya Boş vaziri lavozimini egallaşi kutilgan Endi Bernem uçun noqulay vaziyatni yuzaga keltirişi mumkin. Şuningdek, bugun, 18 iyul kuni Argentinada regbi böyiça Millatlar çempionati doirasida Angliya va Argentina terma jamoalari özaro bahs olib boradi. Angliya jamoasi futbolçilari irqiy haqoratlar bölsa, maydonni tark etiş bilan tahdid qilgan.

“Jahon çempionati bizniki bölmasligi mumkin, ammo Folklend orollari aniq bizniki. Hukumatning pozitsiyasi özgarmagan. Öz taqdirini belgilaş huquqi orol aholisiga tegişli va Folklendga bölgan sadoqatimiz heç qaçon özgarmaydi”, degan Starmer matbuot kotibi Boş vazirning munosabati haqida söralganda.

U, şuningdek, FIFA körişi mumkin bölgan çoralar taşkilot vakolatiga kirişini, ammo siyosat futbolga aralaşmasligi kerakligini takidlagan. Britaniya biznes vaziri Piter Kayl esa bannerni “futbolda siyosiy faoliyatga yöl qöymaslik qoidalarining qöpol buzilişi” deb atagan.

“Jahon çempionatining asosiy tamoyillaridan biri – siyosat futboldan ajratilgan bölişi kerak. Endi bu FIFA işi va men taşkilot bu holatni sinçiklab tekşirişini kutaman”, degan u.

FIFA bayonotida esa intizom qömitasi odatiy tartibda öyin hisobotlarini va tegişli holatlarni örganayotgani, şundan keyin FIFA intizom kodeksi asosida keyingi çoralar yuzasidan qaror qabul qilinişi malum qilingan.

Malumot uçun, 2024 yilda Ispaniya futbolçilari Rodri va Alvaro Morata Yevropa çempionati ğalabasidan keyin “Gibraltar – Ispaniyaniki” degan şiorni aytgani uçun UEFA tomonidan bir öyinga çetlatilgan edi.  

Folklend orollari hukumati esa Argentina futbolçilari harakatidan “afsuslanganini, ammo hayratlanmaganini” malum qilgan.

“1982 yildagi bosqin natijasida orol aholisi katta ruhiy jarohat olgan. Şuning uçun Argentina futbolçilari kötargan banner Folklenddagi köplab odamlar uçun öta noörin böldi. FIFA sportni siyosatdan xoli saqlaş haqidagi vadasiga amal qilib, öz qoidalariga muvofiq bunday xatti-harakatlarga çora körişiga umid qilamiz”, deyilgan bayonotda.

Folklend orollari böyiça bahs esa 1982 yilda Argentina orollarga bostirib kirganidan keyin boşlangan uruşga sabab bölgan. Öşanda 900 dan ortiq kişi halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: