JÇ finalini AQŞda 62,8 mln odam tomoşa qildi
2026 yilgi Jahon çempionati finalini AQŞda 62,8 million tomoşabin kuzatdi. Bu mamlakatda futbol translyatsiyalari böyiça yangi rekord böldi. Bu haqda “Axios” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, “Fox Sports” telekanalidagi translyatsiyani qariyb 39 million kişi tomoşa qilgan. Bu körsatkiç 2022 yilgi Jahon çempionati finaliga nisbatan 132 foizga köp.
Uçraşuvni yana 24 millionga yaqin tomoşabin ispan tilida efirga uzatgan Telemundo telekanali orqali kuzatgan. Bu esa Qatarda ötkazilgan Jahon çempionati finaliga nisbatan 50 foizdan ziyod ösişni anglatadi.
Naşr takidlaşiça, rekord darajadagi auditoriya AQŞda futbolga bölgan qiziqiş tobora ortib borayotganini körsatadi. Şuningdek, bu kelgusida yirik futbol musobaqalarining translyatsiya huquqlari narxi oşişiga ham olib kelişi mumkin.
Taqqoslaş uçun, 2006 yil Germaniyada bölib ötgan Italiya va Frantsiya örtasidagi Jahon çempionati finalini 17 million amerikalik tomoşa qilgan edi. Bu 2026 yilgi mundial finali auditoriyasidan qariyb uç baravar kam.
Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötdi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa iştirok etdi. Musobaqa yakunida Ispaniya terma jamoasi çempionlikni qölga kiritdi.