Devid Bekxem JÇdan qança daromad olgani malum böldi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi, “Inter Mayami” klubining egasi Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon çempionati davomida reklama kampaniyalarida iştirok etiş orqali 25 million dollardan ortiq daromad oldi. Bu haqda “Mirror” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Bekxem mundialning bir qator uçraşuvlariga taşrif buyurgan hamda turli xalqaro brendlarning reklama roliklarida iştirok etgan.
Mutaxassislar hisob-kitoblariga köra, 51 yoşli Devid Bekxem va uning turmuş örtoği Viktoriya Bekxemning umumiy boyligi taxminan 2,5 milliard dollarni taşkil etadi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati tarixda ilk bor uç mamlakat – AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida hamda 48 ta milliy terma jamoa iştirokida ötkazildi.
Musobaqa finalida Ispaniya qöşimça vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mağlub etib, jahon çempionligiga erişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq kolumbiyalik maşhur xonanda Şakira 2026 yilgi Jahon çempionati davomida tijoriy hamkorliklar va reklama loyihalari orqali 17,5 million yevro miqdorda daromad olgani haqida xabar berilgandi.